Shu kunlarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari o‘quv yili davomida o‘tgan fanlari bo‘yicha yakuniy imtihonlarini topshirishmoqda. Oliygohning “Tarix va madaniy meros” kafedrasi o‘qituvchisi, mohir pedagog Kamol Mustaev “Madaniyatlar chorrahasi, madaniyatlararo muloqot“ fanidan “Turizm menejmenti” fakultetining 1-bosqich 122 va 222-guruh talabalarini ingliz tilida sinovdan o‘tkazdi.
Shuningdek universitetning turkiyalik o‘qituvchisi Hasan Safo Tursun ham “Cost accounting” fanidan 3-bosqich talabalarini og‘zaki tarzda sinovdan o‘tkazdi.