Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil qilingan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bugungi kunda 13 nafar xorijlik professor-o‘qituvchilar talabalarga dars berib kelishayapti. O‘quv yili boshidan Turkiya, Avstraliya, Amerika Qo‘Shma Shtatlari, Fransiya, Xitoy, Rossiya, Tojikiston kabi davlatlardan shartnoma asosida tashrif buyurgan murabbiylar xalqaro munosabatlar, gid-tarjimon, turizm va madaniy meros, jahon tarixi kabi fanlardan ingliz tilida bilim berib, yoshlarning mahoratli kasb egalari bo‘lishida o‘z tajribasini qo‘llab kelishmoqda.