Yangi O‘zbekiston – Yangi konstitutsiya
TALABA QIZLAR O’RTASIDA “SIZ YANGI QONUNNI BILASIZMI?” VIKTORINASI O‘TKAZILDI
Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviyatini sog’lomlashtirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida “Ayol - jamiyat ko’zgusi” mavzusidagi tadbirlar doirasida 2023-yil 9-iyun kuni unversitet Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova hamda universitet Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi S.Haydarovlar hamkorligida “Siz yangi qonunni bilasizmi?” viktorinasi o‘tkazildi.
Unda, universitetdagi mavjud yunalishlarda tahsil olayotgan talaba qizlardan tashkil topgan “Yangi O‘zbekiston”, “Bibixonim”, “O‘zbegim qizlari”, “Qomus”, “Adolat”, “Lider qizlar” va “To‘maris izdoshlari” jamoalari bellashdilar. Mazkur viktorinada rektor maslahatchisi M.Roziqob, Yuridik byuro boshlig‘i O.Absamiyev, psixolog D.Turdiyeva, Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i N.Mansurova, “Tarix va madaniy meros” kafedrasi mudiri M.Sidiqova, tyutorlar G.Xusainova va D.Xusanova, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Viktorina “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘gartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasidagi savollar asosida o‘tkazildi.
Viktorina natijalariga ko‘ra;
1-o‘rin - “Lider qizlar” jamoasi;
2-o‘rin - “Qomus” jamoasi;
3-o‘rin - “To‘maris izdoshlari” jamoasi loyiq deb topildi.
G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.