Juma, 05 May 2023 16:59

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti o‘qituvchilari Markaziy Osiyo universitetlarining hamkorlik dasturi (UniCEN) – Tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha seminarda ishtirok etishdi.

Turizm menejmenti fakultetining bir qancha o‘qituvchilari: Mironshoh O‘ktamov, Farux Shukurov, Mehruza Vafoqulova (Turizm menejmenti kafedrasi) va Gulrux Yusupova (Tillar kafedrasi) 2023-yil 1-2 may kunlari Samarqandda American Council tomonidan tashkil etilgan UniCEN tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha ikki kunlik seminarda ishtirok etishdi. Seminarning asosiy maqsadlari Markaziy Osiyo oʻqituvchilarining tadqiqot salohiyatini oshirish, xalqaro jurnallarga yuboriladigan AQSh va Markaziy Osiyo qoʻshma nashrlari sonini koʻpaytirish, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston davlatlari o‘rtasidagi fanlararo va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish.

Seminar ekspertlari: Ijodiy tadqiqotlar bo‘yicha prorektor o‘rinbosari va Lixay universitetining “Mountaintop” tashabbusi direktori Professor Xanjan Mehta, Sent-Luisdagi Vashington universiteti muhandislik ta’limi bo‘limi boshlig‘i Doktor Jey Tyorner va Doktor Hamid Reza Shahbazkia, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti huquq, texnologiya va ta’lim fakulteti dotsenti tomonidan tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha interaktiv treninglar o‘tkazildi.

Shuningdek American Councils vakillari Amerika universitetlari vakillari bilan ishlashni boshlash va ular bilan muloqotni davom ettirish bo'yicha amaliy maslahatlar bilan o'rtoqlashdi, hamda, amerikalik hamkasblar bilan samarali muloqot qilish bo'yicha tavsiyalar berishdi.

O'qilgan 1296 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar