Administrator

Administrator

Talaba va o‘qituvchilar diqqatiga!

Orhun almashinuv dasturi bo‘yicha Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston universitetlaridan birida 2023/2024 o‘quv yilining bir semestrini grant asosida o‘qish istagi borlar diqqatiga! Universitetlar ro‘yxati  va yo‘nalishlari bilan tanishib, qiziqishlaringizga mos universitetni tanlang va talabalar ma’lumot shaklini to‘ldiring.

AHAMIYAT BERING:

 DEADLINE: hujjatlar Xalqaro hamkorlik va reyting departamentiga 23-aprelga qadar (soat 14:00 dan 17:00 gacha) qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot va hujjatlar namunasi bilan Xalqaro hamkorlik va reyting departamentidan olishingiz mumkin.

 

Orhun İlanı 2023-2024

2023-2024 Eğitim-öğretim yılı kontenjanları

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Samarqand viloyat bolalar uyiga tashrif buyurib, bolalar holidan xabar olishdi.

Bolalarga yetarlicha mehr ko‘rsatish, unga muloyim munosabatda bo‘lish, shirin so‘zlab, ko‘nglini topish biz kattalar uchun ham qarz, ham farzdir!

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida jami – 880 nafar talabalar mavjud. Shuningdek, universitetda jami 38 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.

Universitet  “Sport klubi” tomonidan 2023-yilning 18-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda talabalarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida xodimlar va talabalar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Mazkur sport musobaqasida jami 50 nafar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitet professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Seshanba, 18 Aprel 2023 14:24

Biz korrupsiyaga qarshimiz

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2023yilning 14 aprel kuni universitet birinchi prorektori J.Eltazarov raxbarligida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda universitet bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va talabalar ishtirok etishdi. Tadbirni ochar ekan, birinchi prorektor J.Eltazarov talaba-yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi. Tadbir davomida M.Roziqov “Halollik vaksinasi. U qanday emlanadi?”, universitet xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash dasturi”ni qabul qilish to‘g‘risida, yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova  “Huquqiy savodxonlik – ma’naviy yetuklik mezoni” mavzusidagi ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.

Aslida biz ulkan milliy va diniy qadriyatlarga, milliy urf-odatlarga ega bo‘lgan buyuk xalqmiz. Millatimizda azal-azaldan iymon, e’tiqod, vijdon, diyonat, or-nomus, sharm-hayo, uyat, insof, oriyat, andisha, g‘urur, iftixor, shijoat, sabr-toqatlilik, bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik va halollik kabi insoniylik xislatlari shakllantirilgan. Bu xislatlarning barchasi bizning milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimiz sanaladi. Shu sababli, biz ularni saqlashimiz, rivojlantirishimiz va farzandlarimiz qalbiga doimiy singdirib borishimiz zarur!

Seshanba, 18 Aprel 2023 11:39

Sog‘lom hayot-sog‘lom kelajak

       Mamlakatimizda sportni ommaviylashtirish, bolalar xususan, xotin-qizlar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad – Oʻzbekiston farzandlarining sogʻlom dunyoga kelishi, ulgʻayishi, tarbiya topishi va millat genofondini yaxshilashdir.

       Shu munosabat bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida doimiy tarzda ommaviy sport tadbirlari tashkil etilib kelinmoqda.

       Universitet Xotin-qizlar maslahat Kengashi tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, turli kasalliklarning oldini olish, ommaviy sportning inson hayotidagi muhim ahamiyatini targ‘ib etish maqsadida joriy yilning 14-aprel kuni “Yugurish” marafoni tashkil etildi.

Seshanba, 18 Aprel 2023 10:40

Mehr ulashing, muruvvat ko‘rsating!

Unversitetda talaba yoshlarga berilayotgan e‘tibor tufayli har bir sohada ularning o‘rni, qulga kiritayotgan yutuqlar, erishilayotgan g‘alabalar ana shu e‘tibor mahsulidir. Shuningdek, juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlar, tanlovlar muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.

       Shu munosabat bilan joriy yilning 17-aprel kuni «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova va tyutor G.Xusainovalar tomonidan  SamDCHTI ga qarashli № 4-son xususiy              TTJ da ijarada istiqomat qiluvchi talaba—qizlarning yashash sharoitlari o‘rganildi.  Ushbu o’rganish jarayonida universitet vakillari xuxusiy TTJda istiqomat qiluvchi talaba qizlarga o’z vaqtida ovqatlanishlari va  sog’liklariga e’tiborli bo’lishlari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishdi.

       Xotin-qizlar kengashi tomonidan talaba qizlar o‘rtasida doimiy ravishda o‘tkazib kelinayotgan yig‘ilishlarning bu galgi mavzusi “Mehr ulashing, muruvvat ko‘rsating” deya nomlanib, talaba-qizlarningning odob-axloq qoidalariga amal qilishlari, o‘zaro hurmat, bir-birlarini qadirlashlari, o‘zgalarga aldanib qolmasliklari to‘g‘risida maslahat berildi. Ushbu mavzudagi bahs-munozara shaklida o‘tgan uchrashuv  qizlarimizning o‘z o‘y-kechinmalarini bildirish imkonini berdi va ularning nechog‘lik ilg‘or, teran va mustaqil fikrli ekanligini namoyon etdi. Ular “Oila oldidagi burchimiz nimadan iborat?”, “Siz oilaviy hayotga tayyormisiz?”, “Oilada erkakning o‘rni qanday bo‘lishi kerak?”, “Oila va nikoh tushunchalariga munosabatingiz”, “Oilaviy nizolar va ularning qanday turlarini bilasiz?”, “Hiyonat va sadoqat tushunchalarini izohlang” kabi savollarig javob berishdi.

        M.Abbasova, G. Xusainova o‘z hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, qizlarga qimmatli maslahat va tavsiyalar berishdi. O‘z navbatida, oila atalmish qurg‘onni qadrlash, avaylash, uni muqaddas sanash, mas’uliyatli bo‘lishga chaqirishdi.

        Shuningdek, muloqot davomida talaba qizlar bilan individual tarzda suhbatlar olib borildi. Qizlarning tegishli holatlari yuzasidan fikrlari, taklif-mulohazalari tinglandi va “Eng ozoda xona”, “Eng namunali qiz” naminasiyalari bo’yicha xonalar tahlil qilindi.

Prorektor, professor Tony Zou taklifiga binoan Amirsoy oromgohining marketing bo‘limi boshlig‘i Elvina Turjanova va savdo bo‘yicha katta menejeri Intizor Sapayeva hamkorligida “Markaziy Osiyodagi eng yaxshi kurortni rivojlantirish” mavzusida seminar o‘tkazdi. Ikki rahbar O‘zbekistondagi yagona va eng yaxshi tog‘-chang‘i kurorti – Amirsoyning rivojlanishi haqida gapirdi. Ular dam olish maskanining maqsadli bozorlari, bozordagi joylashuvi, obyektlari, faoliyati, xizmatlari va ishlashini tasvirlab berdilar va ikki menejer Amirsoyning mavsumiylik, barqarorlik va Amirsoy – O‘zbekistondagi jahon standartidagi tog‘ kurorti, zamonaviy talablarga javob beradigan mavsumiylik bilan bog‘liq biznes strategiyalarini bayon qildilar. Qulaylik, sifat va xavfsizlik standartlari, bu O‘zbekistonning turizm iqtisodiyotiga, ayniqsa mavsumning pastligida katta hissa qo‘shadi va Amirsoyning xizmat ko‘rsatish sifati va standartlari O‘zbekiston turizm sanoati uchun mezon bo‘lib xizmat qiladi. Prorektor Zou, shuningdek, ikki rahbar bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va “Amirsoy” dam olish maskani o‘rtasidagi hamkorlikni muhokama qildi, ikki tomon ham talabalar amaliyoti, dala tadqiqotlari, qo‘shma seminarlar, talabalarni ishga joylashtirish va ishlab chiqarish sohasida maslahatlashishda hamkorlik qilishga tayyor.

Dushanba, 17 Aprel 2023 23:32

MALAKAVIY IMTIHON TOPSHIRUVCHILAR DIQQATIGA

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihonlarni topshiruvchi talabgorlar uchun hujjatlari qabuli boshlandi. Talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitet Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  elektron pochta manziliga yuborishlari zarur

  • Yo‘llanma xat
  • Passport nusxasi (2 dona)
  • Qisqacha biografik ma’lumotnoma
  • Ariza
  • Doktorlik dissertatsiyasi e’lon qilingan “OAK Byulleteni” jurnali nusxasi (sanasi, jurnal soni)
  • Malakaviy imtihon topshiruvchi haqida malumot ( namunaviy jadval ilova qilinadi).

Hujjatlar joriy yilning 5-mayiga qadar qabul qilinadi.

08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislik fanidan malakaviy imtihon O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 17-fevraldagi 220/2-son Qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan hamda 08.0017-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon dasturiga muvofiq o‘tkaziladi (dastur ilova qilinadi).

Malakaviy imtihonlarni o‘tkazilish sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha e’lon beriladi.

 

Jadval-1

Dastur.pdf

 “Ipak yo‘li” turizm  va madaniy meros xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi:

- 08.00.05- Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti
- 08.00.11 - Maketing
- 08.00.13- Menejment
- 08.00.17- Turizm va mehmonxona faoliyati

Hujjatlar 2023-yilning 15-maygacha qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 22-maydagi 304-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qo‘yilgan davlat talablari” va “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka o‘qishga talabgorlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:

  • Magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
  • Ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;
  • Xorijiy tilni bilish darajasini ko‘rsatuvchi xalqaro yoki unga tenglashtirilgan miliy darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi;

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun  mustaqil izlanuvchi sifatida o‘qishga kirishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va https://phd.mininnovation.uz/ veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi:

1) Ariza;

2) Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)

3) Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

4) Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi,  ilovalari bilan birgalikda;

5) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (pdf);

6) Pasport nusxasi;

7) 3x4 rasm, 2 dona;

8) Taxminiy dissertatsiya mavzusi va asosnomasi;

9) Ish joyidan tavsifnoma

10) Til sertifikati

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim.

  • Falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
  • Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun  mustaqil izlanuvchi sifatida o‘qishga kirishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va undefined veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi:

1) Ariza;

2) Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)

3) Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

4) Falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

5) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (pdf);

6) Pasport nusxasi;

7) 3x4 rasm, 2 dona;

8) Ish joyidan tavsifnoma

9) Til sertifikati

Mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) qabul suhbat natijalari asosida amalga oshiriladi. Suhbat mutaxassislik fanidan bo‘lib o‘tadi. Imtihon kunlari to‘g‘risida qo‘shimcha e’lon beriladi.

Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi

Murojaat uchun telefon: +998 90 603 55 23; +998 66 240 67 85

Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Bugun, 2023-yil 17-aprel kuni Italiyaning bir qator yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlari  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrif buyuruvchilar turizmni yoritishga ixtisoslashgan Centro Studi Eurasia e Mediterraneo, Voyager magazine, Trendsettimanale.it, Eurasianews.it nashrlari, shuningdek, Italiyadagi turizm yo‘nalishi OAVlari guruhi vakillari hamda blogerlari. Tashrif davomida Italiya ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlari universitetimizning ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim shakli va turlari, shuningdek, universitet ichki tuzilishi va bo‘limlar tarkibi bilan yaqindan tanishdilar.

Shuni ta’kidlash kerakki, universitet kampusi mehmonlarga juda samimiy mehmondo‘stlik ko‘rsatdi va kelajakda Italiya talabalari uchun madaniy almashinuv dasturi bilan universitetimizga tashrif buyurishlarini aytib o‘tishdi.

18 dan 149 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar