×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 18 Aprel 2023 14:24

Biz korrupsiyaga qarshimiz

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2023yilning 14 aprel kuni universitet birinchi prorektori J.Eltazarov raxbarligida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda universitet bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va talabalar ishtirok etishdi. Tadbirni ochar ekan, birinchi prorektor J.Eltazarov talaba-yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi. Tadbir davomida M.Roziqov “Halollik vaksinasi. U qanday emlanadi?”, universitet xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash dasturi”ni qabul qilish to‘g‘risida, yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova  “Huquqiy savodxonlik – ma’naviy yetuklik mezoni” mavzusidagi ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.

Aslida biz ulkan milliy va diniy qadriyatlarga, milliy urf-odatlarga ega bo‘lgan buyuk xalqmiz. Millatimizda azal-azaldan iymon, e’tiqod, vijdon, diyonat, or-nomus, sharm-hayo, uyat, insof, oriyat, andisha, g‘urur, iftixor, shijoat, sabr-toqatlilik, bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik va halollik kabi insoniylik xislatlari shakllantirilgan. Bu xislatlarning barchasi bizning milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimiz sanaladi. Shu sababli, biz ularni saqlashimiz, rivojlantirishimiz va farzandlarimiz qalbiga doimiy singdirib borishimiz zarur!

O'qilgan 2350 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1622{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar