Administrator

Administrator

Tanlovning asosiy maqsadi – respublikamizda xotin-qizlarni ilm-fanga jalb qilish, fan-ta’lim va iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning yangi g‘oya va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar natijalari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari, real ehtiyojlari hamda hududiy muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy hajmdor mahsulotlar va innovatsion texnologiyalarni yaratishdan iborat.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar www.grant.mininnovation.uz davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2023-yil 5-mayiga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Loyiha ijrochilarining tarkibi xotin-qizlardan iborat bo‘lishi , ilmiy jamoaning o‘rtacha yoshi 45 yoshdan oshmasligi, shuningdek ilmiy jamoada yosh olimalar, iqtidorli talaba va magistrantlar ishtirok etishi lozim.

Joriy yilning 11-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan universitet xiyobonida ko‘chma kutubxona tashkil qilindi. Ushbu ko‘chma kutubxonaning asosiy maqsadi, yoshlar va aholi o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishdan iborat, chunki kitob o‘qish inson bilimini, tafakkurini, ma’naviyatini yuksaltiradigan yagona omil  hisoblanadi. “Ochiq osmon ostidagi kutubxona” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda universitet talabalari va shahar yoshlari faol qatnashdilar. Universitet Birinchi prorektori J.Eltazarov  talaba-yoshlar bilan qizg‘in davra suhbati o‘tkazdilar. Universitet talabalari o‘tkazilgan tadbir haqida iliq fikr bildirdilar va bundan keyin ham mana shunday tadbirlar o‘tkazilish haqida aytib o‘tdilar. Axborot-resurs markazi direktori va xodimlari talaba-yoshlarni kitob o‘qishga jalb qilib, kutubxonada mavjud bo‘lgan adabiyotlar va kutubxona faoliyati bilan tanishtirdilar.

2023-yil 12-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida  “Talaba FEST” festivali  o‘tkazildi.  Mazkur festival talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, yoshlarning badiiy salohiyatini rivojlantirish, teatr, musiqa, san’at, xalq an’analari hamda ta’lim olayotgan turli millat vakillari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini yana mustahkamlashga yo‘naltirilgani bilan tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, “Kitobxonlik” tanlovi, intellektual o‘yinlar va raqs turnirlari barchaga manzur bo‘ldi. Festival tadbiri  doirasida talabalar uchun  KARAOKE-TIME tashkil etildi.

 Talaba-yoshlar uchun o‘ziga xos bayramga aylangan tadbirda universitetning birinchi  prorektori J.Eltazarov, yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i  N.Abduvaxidovalar keyingi yillarda mamlakatimizning oliy ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlar, talabalarning o‘qib, izlanishi, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan kadrlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar haqida atroflicha fikr yuritdi. Universitet talabalari o‘z bilim va iqtidorini namoyon etib, festival doirasida tashkil etilgan tanlovlarda faol ishtirok etishdi. Festival tadbiri oxirida faol talabalarga sertifikatlar taqdim etildi.

Hurmatli talabalar! Yoshlik kuchi va g‘ayrati, yangilikka intiluvchanlik va ijodkorlik sizni aslo tark etmasin!

Hamisha yuksak marralar sari intilavering!

Payshanba, 13 Aprel 2023 09:51

Mehmon nutqi

Markaziy Osiyodagi eng yaxshi kurortni rivojlantirish Amirsoy Resort marketing bo‘limi boshlig‘i Turjanova Elvina va Amirsoy Resort savdo bo‘yicha katta menejeri Intizor Sapayeva

O‘tkazilish joyi: 230-ma’ruza zali
Vaqt: 2023 yil 17 aprel, dushanba 13:50-15:30.

Chorshanba, 12 Aprel 2023 16:54

Turkmaniston Respublikasi xalqaro tanlovlari

Turkmaniston Respublikasi Ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi va Turkmaniston yoshlar tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan 2023-yilning mart-oktabr oylarida yosh olimlarlar uchun “Yuqori texnologiyalar va innovatsion ishlanmalar” mavzusida hamda ushbu yilning 1-aprelidan 1-iyunigacha Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro munosabatlar institutida “Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklash strategiyasida transport va transit yo‘laklarining istiqbollari” mavzusida xalqaro tanlovlari o‘tkaziladi. Tanlov shartlari bilan quyidagi tegishli sayt orqali ma’lumot olish mumkin: https://education.gov.tm/ru/events_detail/9.

Mirzo Ulug ‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2023-yil 12-may kuni “O‘zbekiston Milliy universitetining ilm-fan rivoji va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusidagi Xalqaro ilimiy-amaliy  anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Batafsil https://nuu.uz/?s=12-may

Aziz do‘stlar, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Kelajagingga befarq bo‘lma” heshteg tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda barcha talabalar (kunduzgi, sirtqi, magistratura) hamda universitet ishchi-xodimlari ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda ishtirokchilar o‘zining quyida berilgan heshteg ostida rasm, videolari hamda chiroyli maqolalari bilan (kreativ yondashgan holda) ishtirok etishlari mumkin.

1, 2, 3-o‘rin g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi hamda ularga esdalik sovg‘alar taqdim etiladi.

Har bir ishtirokchi 2023-yil 25-apreldan kechiktirmay o‘zi tayyorlagan ishlarini, o‘z telefon raqamini, o‘qiyotgan kursi to‘g‘risidagi ma’lumotlarini telegram (@PR_SILK_ROAD_UNIVERSITY) manziliga yuborishi kerak. Tanlov g‘oliblari 26-aprel 2023 yil e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati: 2023-yil 25-aprel.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998-99-748-20-58 (Asadova Nigora) murojaat qilishingiz mumkin.

Chorshanba, 12 Aprel 2023 13:18

O’quv markazlar bilan hamkorlik

Joriy yil aprel oyida Westminster Academy o’quv markazi  o‘quvchilari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida o‘quvchilar universitet hayoti bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, o‘quv xonalari, sport zallari, kutubxona hamda talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratib berilgan imkoniyatlar bo‘yicha ma’lumot olishdi.  
Chorshanba, 12 Aprel 2023 13:10

Litsey bilan hamkorlik

Joriy yilning 12-aprel kuni Samarqand Davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalari universiteti akademik litseyi  o‘quvchilari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida o‘quvchilar universitet hayoti bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, o‘quv xonalari, sport zallari, kutubxona hamda talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratib berilgan imkoniyatlar bo‘yicha ma’lumot olishdi.  

Mamlaktimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq san’at, fan ta’lim sohalariga e’tibor kuchaymoqda. Yurtimizning turizm salohiyatini ko‘tarish maqsadida yangidan-yangi turistik loyihalar ishlab chiqilib hayotga tadbiq etilmoqda. Shu bilan birgalikda ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni san’at va madaniyatga qiziqishini ortirish va yod g‘oyalar ta’siriga berilmasligi maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy maros xalqaro universitetida ham sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.

2022-yilda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo hamda kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan davlatlardan ijodkorlarni Samarqand shahri o‘z bag‘riga mehmondo‘stlik bilan qarshilab oldi. “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy maros universitetida mo‘yqalam sohiblarining dastlabki planeri o‘z ishini boshlashida universitet rahbariyatining jonbozlik ko‘rsatganligi hamda san’atga befarq emasligini namoyon qildi.

Planer jarayonida ijodkorlar tomonidan turli janrga mansub betakror asarlar yaratildi. Ijodiy ishlar ichidan saralab olingan san’at asarlari SHHT doirasida o‘tkazilgan yig‘lishda namoyish etildi.

“Ipak yo‘li” nomidagi turizm va madaniy maros xalqaro universiteti binosida joylashgan ekspazitsiyasida turli janr va uslubga mansub bo‘lgan 300 dan ortiq kartinalar mavjud. Bu ijodiy ishlar talabalarni san’atga bo‘lgan qiziqishlarini ortishiga darsdan bo‘sh vaqtlarida hordiq olishlariga yordam beradi, qolaversa madaniy me’rosimizga bo‘lgan munosabatni yaxshilashga ko‘maklashadi.

Universitetda bog‘ tashkil etilgan bo‘lib turli xil daraxtlar bilan birgalikda mohir haykaltaroshlarning ijodiy ishlari o‘zgacha uslubda kompazitsiya tashkil etilgan. O‘ndan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan nomdor haykaltaroshlar o‘zlarining haykaltaroshlik namunalarini ishlashgan.

Haykallarning ekspazitsiyasi mahorat ila tuzilgan bo‘lib har birida olam ma’no mujassamdir. Tamila Mamatovaning “Baxtli bolalik” asari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak har bir insonning bolalik davrini yodga solishi bilan qimmatlidir. Bundan tashqari vatanga muhabbat, ilmga eltuvchi yo‘l, talabalik davri, hamda ipak yo‘li tarixini hikoya qiluvchi jami 15 ta haykal mavjud. Universitet professor o‘qituvchilari ham talabalar bilan birgalikda ekskursavodlik faoliyati, san’at tarixi hamda muzeyshunoslikga oid dars mashg‘ulotlarini olib boradi.

21 dan 150 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar