Payshanba, 13 Aprel 2023 10:06

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Talaba FEST” festivali va KARAOKE-TIME tashkil etildi

2023-yil 12-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida  “Talaba FEST” festivali  o‘tkazildi.  Mazkur festival talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, yoshlarning badiiy salohiyatini rivojlantirish, teatr, musiqa, san’at, xalq an’analari hamda ta’lim olayotgan turli millat vakillari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini yana mustahkamlashga yo‘naltirilgani bilan tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, “Kitobxonlik” tanlovi, intellektual o‘yinlar va raqs turnirlari barchaga manzur bo‘ldi. Festival tadbiri  doirasida talabalar uchun  KARAOKE-TIME tashkil etildi.

 Talaba-yoshlar uchun o‘ziga xos bayramga aylangan tadbirda universitetning birinchi  prorektori J.Eltazarov, yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i  N.Abduvaxidovalar keyingi yillarda mamlakatimizning oliy ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlar, talabalarning o‘qib, izlanishi, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan kadrlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar haqida atroflicha fikr yuritdi. Universitet talabalari o‘z bilim va iqtidorini namoyon etib, festival doirasida tashkil etilgan tanlovlarda faol ishtirok etishdi. Festival tadbiri oxirida faol talabalarga sertifikatlar taqdim etildi.

Hurmatli talabalar! Yoshlik kuchi va g‘ayrati, yangilikka intiluvchanlik va ijodkorlik sizni aslo tark etmasin!

Hamisha yuksak marralar sari intilavering!

O'qilgan 1224 marta
Kategoriya Talabalar hayoti

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar