Administrator

Administrator

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida“ 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda universitetda “Zakovat” intellektual klubi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida 2023-yil 30-mart kuni universitet talabalalari o‘rtasida intellektual musobaqa o‘tkazildi.

Intellektual musobaqa yakunlari bo‘yicha 1-o‘rinni “SOS” jamoasi, 2-o‘rinni “Gagaku” jamoasi, 3-o‘rinni “Content” jamoalari qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoalarga kitoblar jamlanmasi topshirildi.

“Zakovat” intellektual o‘yinini yoshlarning sevimli mashg‘uloti sifatida rivojlantirish uchun universitetda 2023-yil davomida doimiy ravishda intellektual musobaqalar tashkil etish rejalashtirilgan.

Joriy yilning 29-mart oyida Koreya Respublikasining Pusan metropoliyasi shahar maʼmuriyatining Xalqaro aloqalar va savdo departamenti direktori o‘rinbosari, Yangi shimoliy va janubiy siyosat bo‘limi boshlig‘i GU Yon-А boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitiga tashrif buyurishdi.

Mehmonlarning tashrifidan maqsad universitet bilan yakindan tanishish va doʼstona xamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘yish. Delegatsiya aʼzolari bilan bo‘lgan uchrashuvda shaharlar o‘rtasida fan va taʼlim, madaniy-gumanitar, savdo-iqtisodiy xamda turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Shuni takidlab utish joizki, universitet kampusi mehmonlarda juda iliq taasurotlar qoldirdi va kelajakda Pusan OTMlari talabalari uchun madaniy almashinuv dasturi bilan bizning universitetga tashrif buyurishlarini takidlab utishdi.

30-mart 2023 yilda "Ipak yo'li" xalqaro turizm va madaniy meros universiteti prorektori Toni Zou professor Iis Tussyadiyani universitetdagi barcha o'qituvchilar va talabalarga ma'ruza qilishga taklif qildi. Professor Iis Tussyadiah Surrey universiteti mehmonxonalar va turizmni boshqarish maktabining dekani. Shuningdek, u servis razvedka tizimlari professori va insonga yo'naltirilgan sun'iy intellekt tadqiqot institutining tadqiqotchisi. Bu safar u "Turizm va mehmondo'stlik sanoatida inson va sun'iy intellektning o'zaro ta'siri" mavzusida ma'ruza qildi. Ushbu ma'ruzaga professor Toni Zou raislik qildi va Zoom formatida yig'ilishni amalga oshirdi. Konferentsiyada maktab ichkarisidan va tashqarisidan 100 dan ortiq o'qituvchilar ishtirok etishdi.

Ma'ruza zamonaviy tendentsiyalarga qaratildi va bir yarim soat davom etdi. O'qituvchilar va talabalar nutq davomida ma'ruzachi bilan yaxshi munosabatda bo'lishdi va ma'ruzadan katta foyda olishdi. Nihoyat, ma'ruza qarsaklar ostida yakunlandi. Ushbu ma'ruza fanlararo almashinuvni rag'batlantiradi va talabalarning ilmiy tadqiqot qobiliyatlarini rivojlantirishda alohida rol o'ynaydi.

2023-yil ning 1-martdan l-aprelgacha Respublika hududida o‘tkazilayotgan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tkazilgan targ‘ibot-tadbiri tashkil etildi.

Targ‘ibot-tadbirida bahor mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy tusdagi sel va ko‘chki bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar hamda ishchi xodimlar va talabalarni “Zilzilaga qadar, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng harakatlanish qoidalari” mavzusida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borishdi.

Ayni kunlarda "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining axborot va murabbiylik soatlarida yangilanayotgan Konstitutsiyamizning targʻibotiga bagʻishlab, mashgʻulotlar olib borilmoqda.

Xususan, bugun 1-kurs talabalari ishtirokida "Yangi Oʻzbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya" mavzusida axborot va murabbiylik soati oʻtkazildi.

Mashgʻulotda talabalarga bosh qomusimizni yangilashga boʻlgan zarurat, yangi tahrirda qanday oʻzgarishlar kutilayotganligi, undagi asosiy yangiliklar, insonning huquq va erkinliklar doirasi, shuningdek, ta'lim olish huquqi va imkoniyatlari kengaytirilayotganligi hamda oʻqituvchilar konstitutsiyaviy maqomga ega boʻlishlari ham qonun bilan belgilab qoʻyilayotganligi haqida maʼlumotlar berdilar.

Ushbu kitoblar yuridik va jismoniy shaxslarning turizm va mexmonxona sohasida foydalanish uchun bag‘ishlangan bo‘lib, ilmiy izlanish va o‘quv jarayonlarida professor-o‘qituvchi va talabalarimizga, shubhasiz, katta foyda keltiradi.

Ta’kidlash joizki, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasida  turizm, san’at, tarix, arxeologiya, etnologiya, geosiyosat, iqtisod, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, dizayn, haykaltaroshlik, me’morchilik, madaniy meros sohalaridan tashqari huquq sohasiga oid kitoblar joy olgan.

Payshanba, 30 Mart 2023 15:04

Kinokarvon: Taniqli aktyorlar - Samarqandda

Kinematografiya agentligi tomonidan 26-martdan 26-aprelga qadar eʼlon qilingan “Seni sogʻindik bahor!” shiori ostida hududlarda kinokarvon aksiyasi oʻtkazilmoqda. 2023-yil 28-mart kuni Samarqand shahridagi Viloyat Yoshlar markazida “Seni sog‘indik bahor” shiori oyligi doirasida “Kinokarvon” aksiyasi targ‘ibotchi guruhi a’zolari: Samarqand shahrida tashkil etilgan aksiyada Oʻzbekiston xalq artisti Dilorom Karimova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulchehra Saʼdullayeva va taniqli aktyorlar yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida “Vatan ostonasi”, “Meros”, “Evrilish” badiiy filmlari namoyish etildi.

Tadbirda universitetimiz tyutorlari va talabalarimiz faol ishtirok etishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy universitetlar va ilmiy tashkilotlarga stajirovkalarga yuborish boʻyicha oʻtkazilgan tanlovda” gʻolib deb topildi. Ushbu grant dasturi Nodir Xushvaqtovga dunyo universitetlari reytingida 4-oʻrinda turuvchi Oxford universitetida (Buyuk Britaniya) tadqiqot olib borish imkoniyatini berdi.

Joriy yil boshida Samarqand viloyati delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Malayziyaning UCSI xalqaro universiteti o‘rtasida anglashinuv memorandumi imzolangan edi.

Anglashinuv memorandumi ikki universitet o‘rtasida talabalar almashinuvu dasturlarini amalga oshirish, o‘quv-seminar, treyninglar, kurslar va ta’limning boshqa yo‘nalishlarida yaqindan hamkorlik qilish imkoniyatini beradi.

23-mart kuni “Turizm menejmenti” kafedrasi mudiri, Dr.Akmaljon Odilov ushbu universitetning “Mehmondo‘stlik va turizm menejmenti fakulteti” talabalariga universitet o‘quv rejasidagi BHH3053s Yetakchilik va biznes samaradorligi fanining “Yetakchilik sohasidagi tadqiqotlar va rivojlanayotgan tendentsiyalar” mavzusini o‘tib berdi va universitet ma’muriyatidan tashakkurnoma qabul qilib oldi.

Hamkorlik aloqalari qisqa fursatda amaliy natijalar bera boshladi ikki tomon uchun manfaatli bo‘lib, bu har ikki mamlakat turizm sohasiga sifatli kadrlar tayyorlashdek muhim vazifani bajarish imkonini beradi.

KONFERENSIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI

  • Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiy merosi;
  • Abu Rayhon Beruniy yashagan davr adabiy muhiti;
  • Abu Rayhon Beruniyning ilm-fan, madaniyat va san’atga qo‘shgan ulushi;
  • Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot va farmatsevtika fani rivojiga qo‘shgan hissasi;
  • Abu Ali ibn Sino ilmiy merosining jahonda o‘rganilishi;
  • Abu Ali ibn Sinoning jahon ilm-fani rivojidagi o‘rni.

Axborot xati

24 dan 149 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar