Anglashinuv memorandumi ikki tomonga talabalar va professor-o’qituvchilar almashinuvi, birgalikda o’quv kurslar hamda ilmiy seminarlar tashkil qilishni va boshqa bir qator yo’nalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatini beradi.
Anglashinuv memorandumidagi kelishuvlar hozirda o’z samarasini berishni allaqachon boshlagan. Misol uchun, TEAM universitetining professori Cansel Aril universitetimizning magistratura bosqichi Ijodiy sanoat yo’nalishi talabalariga o’quv dasturidagi fanlardan dars mashg’ulotlari olib borayotgan bo’lsa, universitet dekani, professor Erdogan Ekiz magistratura boshqichining turli yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalarimiz bitiruv malakaviy ishlariga ilmiy rahbarlik qilmoqda.