O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida“ 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda universitetda “Zakovat” intellektual klubi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida 2023-yil 30-mart kuni universitet talabalalari o‘rtasida intellektual musobaqa o‘tkazildi.
Intellektual musobaqa yakunlari bo‘yicha 1-o‘rinni “SOS” jamoasi, 2-o‘rinni “Gagaku” jamoasi, 3-o‘rinni “Content” jamoalari qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoalarga kitoblar jamlanmasi topshirildi.
“Zakovat” intellektual o‘yinini yoshlarning sevimli mashg‘uloti sifatida rivojlantirish uchun universitetda 2023-yil davomida doimiy ravishda intellektual musobaqalar tashkil etish rejalashtirilgan.