Dushanba, 03 Aprel 2023 09:24

O'zbekistondagi Xitoy korxonalari savdo-sanoat palatasi raisi Janob Liu Yu Samarqanddagi Ipak yo'li turizm va madaniy meros xalqaro universitetining mehmoni bo'ldi

2023-yil 1-aprel kuni O'zbekistondagi Xitoy korxonalari savdo-sanoat palatasi raisi Janob Liu Yu boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi Samarqanddagi Ipak yo'li turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida Wan Xiao Wen transchegaraviy elektron tijorat vakili, sanoat xomashyosi va xalqaro logistika xizmatlari global savdo markazi Bosh menejeri, China-Europe Express "Chang' Ren Xiao Lin " logistika, li Dian avtomobillari va ehtiyot qismlarini import va eksport qilish Bosh direktori va boshqalar ishtirok etdi.
Tashrif doirasida O'zbekistonga xitoylik sayyohlarni jalb etish va turizm iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida "Samarqand turizm elchisi" tanlovini o'tkazish va uni Xitoy shaharlarida targ'ib qilish bo'yicha loyiha rejalarini amalga oshirishning dolzarb muammolari muhokama qilindi; mashhur xitoylik rassomlar va fotosuratchilarni Samarqandga mahalliy mashhur sayyohlik joylari, mahalliy tabiat, tog'lar, daryolar, madaniy meros va boshqalar, ularning ishlarini Xitoyda targ’ib etish, O'zbekistonning nufuzini oshirish kabilar. Yuqoridagi g'oyalarni amalga oshirishda “Ipak Yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ishchi guruh tashkil etib berishga kelishib olindi.

O'qilgan 1522 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar