Joriy yilning 29-mart oyida Koreya Respublikasining Pusan metropoliyasi shahar maʼmuriyatining Xalqaro aloqalar va savdo departamenti direktori o‘rinbosari, Yangi shimoliy va janubiy siyosat bo‘limi boshlig‘i GU Yon-А boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitiga tashrif buyurishdi.
Mehmonlarning tashrifidan maqsad universitet bilan yakindan tanishish va doʼstona xamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘yish. Delegatsiya aʼzolari bilan bo‘lgan uchrashuvda shaharlar o‘rtasida fan va taʼlim, madaniy-gumanitar, savdo-iqtisodiy xamda turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Shuni takidlab utish joizki, universitet kampusi mehmonlarda juda iliq taasurotlar qoldirdi va kelajakda Pusan OTMlari talabalari uchun madaniy almashinuv dasturi bilan bizning universitetga tashrif buyurishlarini takidlab utishdi.