Ayni kunlarda "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining axborot va murabbiylik soatlarida yangilanayotgan Konstitutsiyamizning targʻibotiga bagʻishlab, mashgʻulotlar olib borilmoqda.
Xususan, bugun 1-kurs talabalari ishtirokida "Yangi Oʻzbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya" mavzusida axborot va murabbiylik soati oʻtkazildi.
Mashgʻulotda talabalarga bosh qomusimizni yangilashga boʻlgan zarurat, yangi tahrirda qanday oʻzgarishlar kutilayotganligi, undagi asosiy yangiliklar, insonning huquq va erkinliklar doirasi, shuningdek, ta'lim olish huquqi va imkoniyatlari kengaytirilayotganligi hamda oʻqituvchilar konstitutsiyaviy maqomga ega boʻlishlari ham qonun bilan belgilab qoʻyilayotganligi haqida maʼlumotlar berdilar.
Ushbu kitoblar yuridik va jismoniy shaxslarning turizm va mexmonxona sohasida foydalanish uchun bag‘ishlangan bo‘lib, ilmiy izlanish va o‘quv jarayonlarida professor-o‘qituvchi va talabalarimizga, shubhasiz, katta foyda keltiradi.
Ta’kidlash joizki, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasida turizm, san’at, tarix, arxeologiya, etnologiya, geosiyosat, iqtisod, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, dizayn, haykaltaroshlik, me’morchilik, madaniy meros sohalaridan tashqari huquq sohasiga oid kitoblar joy olgan.
Kinematografiya agentligi tomonidan 26-martdan 26-aprelga qadar eʼlon qilingan “Seni sogʻindik bahor!” shiori ostida hududlarda kinokarvon aksiyasi oʻtkazilmoqda. 2023-yil 28-mart kuni Samarqand shahridagi Viloyat Yoshlar markazida “Seni sog‘indik bahor” shiori oyligi doirasida “Kinokarvon” aksiyasi targ‘ibotchi guruhi a’zolari: Samarqand shahrida tashkil etilgan aksiyada Oʻzbekiston xalq artisti Dilorom Karimova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulchehra Saʼdullayeva va taniqli aktyorlar yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida “Vatan ostonasi”, “Meros”, “Evrilish” badiiy filmlari namoyish etildi.
Tadbirda universitetimiz tyutorlari va talabalarimiz faol ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy universitetlar va ilmiy tashkilotlarga stajirovkalarga yuborish boʻyicha oʻtkazilgan tanlovda” gʻolib deb topildi. Ushbu grant dasturi Nodir Xushvaqtovga dunyo universitetlari reytingida 4-oʻrinda turuvchi Oxford universitetida (Buyuk Britaniya) tadqiqot olib borish imkoniyatini berdi.
Joriy yil boshida Samarqand viloyati delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Malayziyaning UCSI xalqaro universiteti o‘rtasida anglashinuv memorandumi imzolangan edi.
Anglashinuv memorandumi ikki universitet o‘rtasida talabalar almashinuvu dasturlarini amalga oshirish, o‘quv-seminar, treyninglar, kurslar va ta’limning boshqa yo‘nalishlarida yaqindan hamkorlik qilish imkoniyatini beradi.
23-mart kuni “Turizm menejmenti” kafedrasi mudiri, Dr.Akmaljon Odilov ushbu universitetning “Mehmondo‘stlik va turizm menejmenti fakulteti” talabalariga universitet o‘quv rejasidagi BHH3053s Yetakchilik va biznes samaradorligi fanining “Yetakchilik sohasidagi tadqiqotlar va rivojlanayotgan tendentsiyalar” mavzusini o‘tib berdi va universitet ma’muriyatidan tashakkurnoma qabul qilib oldi.
Hamkorlik aloqalari qisqa fursatda amaliy natijalar bera boshladi ikki tomon uchun manfaatli bo‘lib, bu har ikki mamlakat turizm sohasiga sifatli kadrlar tayyorlashdek muhim vazifani bajarish imkonini beradi.
KONFERENSIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Joriy yilning 29 mart kuni “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida MOST loyiha vakillarining hamkorlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda barqaror turizm modeli - turizm salohiyatini oshirish yo‘llarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda Gretsiya qishloq xo‘jaligi vazirligi Bosh kotibi Papayanidis Dimitris, O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari assotsiatsiyasi vakili Gulchehra Isroilova va boshqalar ishtirok etdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligining Bosh kotibi Papayanidis Dimitris universitet uchun o‘z tilaklarini mehmonlar kitobida qoldirdi.
MOST loyihasining hamkorlari: Heraklion taraqqiyot agentligi( Krit, Gretsiya) - etakchi sherik, qishloq taraqqiyoti va barqaror turizm sohasida tajribaga ega biznesni qo‘llab-quvvatlash tashkiloti, EuropeanProfiles S. A. (Gretsiya) - Sharqiy Evropada rivojlanish va boshqaruv dasturlarida katta tajribaga ega bo‘lgan Evropa Ittifoqidagi etakchi konsalting kompaniyasi, Markaziy Osiyo, APINTECH (Kipr) – texnik sherik, barqaror ishlab chiqarish va isteʼmol (SCP) va yashil texnologiyalar bo‘yicha ekspert, Latviya qishloq turizmi assotsiatsiyasi – barqaror turizm va mahalliy rivojlanish sohasida tajribaga ega aloqa bo‘yicha sherik, shuningdek, O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari assotsiatsiyasi (ACTO), Evro Osiyo Turizm uyushmasi (Qozog‘iston), Tojikiston sayyohlik tashkilotlari uyushmasi - Evropa Ittifoqi grantining yakuniy benefitsiarlari.
Keyingi fakultet malakasini oshirish dasturimiz bilan tanishing (https://fep.americancouncils.org / /) stipendiat Sanjar Jumanazarov AQShning Vayoming universitetiga qabul qilingan “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti (Samarqand) o‘qituvchisi.
U yaqinda Merilend shtatining Baltimor shahridagi Jons Xopkins universitetida IEEE integratsiyalashgan Stem ta’limi bo‘yicha 13-konferensiyasida ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi va u yerda AQShning barcha burchaklaridan kelgan taniqli professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar bilan uchrashdi.
IUTCH Silk Road allaqachon Vayoming universiteti bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan. Bundan tashqari, Sanjar Haub maktabi dekani professor Jon L. Kaprovskiy bilan uchrashdi, o‘zaro sheriklik muhimligini ta’kidlagan.
?2023-yil 25-martda Sanjar Vayoming universitetida Navro‘z bayramida ishtirok etdi. U shunday deydi: “madaniy xilma-xillik butun insoniyatga foyda keltiradigan jamoaviy kuchni yaratadi. Hamda professor-o‘qituvchilarni boyitish dasturi stipendiyasining haqiqiy muvaffaqiyati faqat o‘zingiz uchun foyda olishdan ko‘proq narsani anglatadi. Siz o‘z mamlakatingizga nima olib kelishingiz mumkinligini ko‘rishingiz mumkin”.
2023-yilning 29-mart kunida “Ipak yo`li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 3-bosqich talabalar tyutori Xusainova Gavhar tomonidan Tour -120 guruh talabalari bilan “Referendum – 2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Referendum va yoshlar" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda referendum tushunchasining mazmun-mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat ekanligi va unda yoshlarga, ayniqsa, taʼlim sohasiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar oldilar.
Konferensiyada ishtirok etuvchilarning ma’ruza tezislari qisqa sharxi bilan joriy yil 1-aprel kuniga qadar quyidagi elektron manzillariga yuborilishi kerak: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Yuqorida keltirilgan tadbir to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan www.science.gov.tm veb-sahifasi orqali tanishish mumkin.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz