Payshanba, 30 Mart 2023 11:27

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va UCSI universitetlari o‘rsatidagi hamkorlik aloqalari davom etadi

Joriy yil boshida Samarqand viloyati delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Malayziyaning UCSI xalqaro universiteti o‘rtasida anglashinuv memorandumi imzolangan edi.

Anglashinuv memorandumi ikki universitet o‘rtasida talabalar almashinuvu dasturlarini amalga oshirish, o‘quv-seminar, treyninglar, kurslar va ta’limning boshqa yo‘nalishlarida yaqindan hamkorlik qilish imkoniyatini beradi.

23-mart kuni “Turizm menejmenti” kafedrasi mudiri, Dr.Akmaljon Odilov ushbu universitetning “Mehmondo‘stlik va turizm menejmenti fakulteti” talabalariga universitet o‘quv rejasidagi BHH3053s Yetakchilik va biznes samaradorligi fanining “Yetakchilik sohasidagi tadqiqotlar va rivojlanayotgan tendentsiyalar” mavzusini o‘tib berdi va universitet ma’muriyatidan tashakkurnoma qabul qilib oldi.

Hamkorlik aloqalari qisqa fursatda amaliy natijalar bera boshladi ikki tomon uchun manfaatli bo‘lib, bu har ikki mamlakat turizm sohasiga sifatli kadrlar tayyorlashdek muhim vazifani bajarish imkonini beradi.

O'qilgan 1314 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar