Administrator

Administrator

“Yil talabasi” tanlovi universitet bosqichi 3-o’rin sohibi 4-bosqich talabasi Shodiyor Amirullayev Stipendium Hungaricum Programme dasturi tomonidan tashkil etilgan ta'lim granti sohibi bo'ldi. Ushbu grant talabamizga magistraturada tahsil olish imkonini beradi. Ma'lumot uchun: Sh.Amirullayev 3 600 foydalanuvchisi bo’lgan (grants_hunter) mualliflik kanali orqali talaba yoshlarga xalqaro standartlar asosidagi ta'lim yangiliklaridan ma'lumotlar , grantlarni qo'lga kiritish bo’yicha maslahatlar berib boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi PQ-4965-son qarori bilan tasdiqlangan Intellektual mulk muhofazasini mustahkamlash va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xarita”ning 19-bandida har yili bir marta (15-fevral-15-mart) respublika bo‘yicha kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi samarali kurashish maqsadida “Kontrafaktsiz oy” oyligi deb e’lon qilingan.

Joriy yilning 10-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida “Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi” mavzusida seminar-trening tashkil etidi. Seminar-treningni Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi mutahassisi Uzoqov Hasan olib bordi.

7-mart kuni  Samarqand tumanidagi "Life Garden" bazmgohida 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Samarqand viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlari kengashi raisi Muhayyo Abbasova samarali mehnati uchun Samarqand viloyat hokimligining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.  Faxriy yorliqni Samarqand viloyat hokimi Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich taqdim etdi. Universitet jamoasi Muhayyo Sadullayevnani ushbu mukofot bilan tabriklaydi!

Latviya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi 2023/24- o‘quv yilida ta’lim, ilmiy tadqiqot va yozgi maktablar uchun Latviya Davlati stipendiyalarini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirishning oxirgi muddati – 2023-yil 1- aprel.
www.viaa.gov.Iv/en/studies
Ushbu dastur bo'yicha Marika Pira xonim elektron adresiga murojaat etish mumkin: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Amaliyot davomida Shohruh mazkur aeroport faoliyati bilan yaqindan tanishdi, shuningdek, o‘z amaliyoti natijalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shohruh yetib kelgach, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti kutubxonasiga Qatar madaniyati haqida fotosuratlardan iborat noyob albomni sovg‘a qildi, bu ilmiy izlanishlar jarayonida o‘qituvchi va talabalarimizga katta foyda keltirishi shak-shubhasizdir.

Universitet kutubxonasi fondini boyitish jarayonlari, yoshlarga oid davlat siyosatini amalda tatbiq etish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, navqiron avlod ma’naviyatini, kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, milliy adabiyot va san’atimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ijodkor xodimlar mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish bilan hamohangdir.

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida yuqoridagi tendensiyalarning amalga oshirilishi ko‘p jihatdan rektor Aziz Abduhakimovning xizmatlaridir.

Ayni paytda universitet kutubxonasida turli yo‘nalishlarda 25 mingga yaqin kitob mavjud.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida joriy yilning 13-mart kuni Samarqand shahri Turizm markazida joylashgan “Minyoun Hotels Group” mehmonxonalar zanjiri direktori Funing Yang ishtirokida “Samarqandda mehmonxona industriyasi istiqbollari” va “Minyoun mehmonxonalar zanjirining rivojlanishi” mavzusida seminar-trening tashkil etiladi.

Seminar o‘tkazilish vaqti: 13-mart, 2023-yil soat:15:00;

Seminar o‘tkaziladigan joy: universitet binosi: 229-xona.

Payshanba, 09 Mart 2023 11:38

AXBOROT XATI

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti “Gumanitar va ijtimoiy fanlarni masofaviy ta’lim” kafedrasi sizlarni “Uzluksiz ta’lim tizimida masofaviy ta’lim integratsiyasi” III Xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasiga taklif etadi.

Axborot xati ilova qilinadi.

Payshanba, 09 Mart 2023 11:27

AXBOROT XATI

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Fanlar akademiyasi, YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jam’armasi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida 2023 yil sentyabr oyida “Аbu Rayhon Beruniy ilmiy merosining jahon fani rivojidagi o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Axborot xati ilova qilinadi.

PDF

Talaba-yoshlarni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish orqali oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga erishish hamda  iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratib berish maqsadida, 2023- yilning 4-mart kuni Samarqand shahridagi “Qo‘g‘irchoq teatri”da, Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasasalari o‘rtasida “Teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining Samarqand viloyati bosqichida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Talabalar teatr studiyasi” jamoasi ham ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirda Odil Boynazarov rahbarligidagi “Talabalar teatr studiyasi” jamoasi Abu Tohirxojaning “Samariya” va Ibn Arabshohning “Ajoib ul-maqdur fi axbori Temur” asarlarining tarixiy faktlariga asoslangan “Samariya” spektaklini yig‘ilganlar e’tiboriga havola etdilar.

Ko‘rik-tanlovda universitet jamoasi  “Milliy yo‘nalishdagi eng yaxshi teatr-studiyasi” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi,  faxrli 3-o‘rinni egalladi va mintaqaviy bosqichga yo‘llanma oldi.

29 dan 150 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar