Talaba-yoshlarni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish orqali oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga erishish hamda iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratib berish maqsadida, 2023- yilning 4-mart kuni Samarqand shahridagi “Qo‘g‘irchoq teatri”da, Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasasalari o‘rtasida “Teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining Samarqand viloyati bosqichida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Talabalar teatr studiyasi” jamoasi ham ishtirok etishdi.
Ushbu tadbirda Odil Boynazarov rahbarligidagi “Talabalar teatr studiyasi” jamoasi Abu Tohirxojaning “Samariya” va Ibn Arabshohning “Ajoib ul-maqdur fi axbori Temur” asarlarining tarixiy faktlariga asoslangan “Samariya” spektaklini yig‘ilganlar e’tiboriga havola etdilar.
Ko‘rik-tanlovda universitet jamoasi “Milliy yo‘nalishdagi eng yaxshi teatr-studiyasi” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi, faxrli 3-o‘rinni egalladi va mintaqaviy bosqichga yo‘llanma oldi.