×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 09 Mart 2023 17:12

Joriy yilning 9-mart kuni 4-kurs talabasi Sultonov Shohruh Qatar davlatining “Hamad” xalqaro aeroportida amaliyot o‘tab universitetga o‘qishga qaytib keldi.

Amaliyot davomida Shohruh mazkur aeroport faoliyati bilan yaqindan tanishdi, shuningdek, o‘z amaliyoti natijalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shohruh yetib kelgach, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti kutubxonasiga Qatar madaniyati haqida fotosuratlardan iborat noyob albomni sovg‘a qildi, bu ilmiy izlanishlar jarayonida o‘qituvchi va talabalarimizga katta foyda keltirishi shak-shubhasizdir.

Universitet kutubxonasi fondini boyitish jarayonlari, yoshlarga oid davlat siyosatini amalda tatbiq etish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, navqiron avlod ma’naviyatini, kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, milliy adabiyot va san’atimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ijodkor xodimlar mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish bilan hamohangdir.

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida yuqoridagi tendensiyalarning amalga oshirilishi ko‘p jihatdan rektor Aziz Abduhakimovning xizmatlaridir.

Ayni paytda universitet kutubxonasida turli yo‘nalishlarda 25 mingga yaqin kitob mavjud.

O'qilgan 1396 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1516{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar