7-mart kuni Samarqand tumanidagi "Life Garden" bazmgohida 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Samarqand viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlari kengashi raisi Muhayyo Abbasova samarali mehnati uchun Samarqand viloyat hokimligining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi. Faxriy yorliqni Samarqand viloyat hokimi Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich taqdim etdi. Universitet jamoasi Muhayyo Sadullayevnani ushbu mukofot bilan tabriklaydi!