2023-yilning 29-mart kunida “Ipak yo`li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 3-bosqich talabalar tyutori Xusainova Gavhar tomonidan Tour -120 guruh talabalari bilan “Referendum – 2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Referendum va yoshlar" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda referendum tushunchasining mazmun-mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat ekanligi va unda yoshlarga, ayniqsa, taʼlim sohasiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar oldilar.