Ayni kunlarda "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining axborot va murabbiylik soatlarida yangilanayotgan Konstitutsiyamizning targʻibotiga bagʻishlab, mashgʻulotlar olib borilmoqda.
Xususan, bugun 1-kurs talabalari ishtirokida "Yangi Oʻzbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya" mavzusida axborot va murabbiylik soati oʻtkazildi.
Mashgʻulotda talabalarga bosh qomusimizni yangilashga boʻlgan zarurat, yangi tahrirda qanday oʻzgarishlar kutilayotganligi, undagi asosiy yangiliklar, insonning huquq va erkinliklar doirasi, shuningdek, ta'lim olish huquqi va imkoniyatlari kengaytirilayotganligi hamda oʻqituvchilar konstitutsiyaviy maqomga ega boʻlishlari ham qonun bilan belgilab qoʻyilayotganligi haqida maʼlumotlar berdilar.