Administrator

Administrator

"Mathematics for business" va "Business Statistics " fani o'qituvchisi Sanjar Mardonov o`z talabalarining 1-semestr bo'yicha faoliyatini inobatga olib Turizm menejmenti yo'nalishi 7 nafar talabalariga "Mathematics for business" va "Business Statistics" fanlarini yaxshi o'qiganligi va a`lo baholar bilan tugatganligi hamda namunali xulq-atvori uchun ularning ota-onalariga MINNATDORCHILIK sertifikatlarini taqdim etdi.
Hot-222-guruhining talabalariga esa alo o'qiganligi uchun va fan murakkabligiga qaramasdan, intilishi va tirishqoqligi, shuningdek, fanni yaxshi o'zlashtirganligi uchun Tashakkurnoma taqdim etdi.

Joriy yilning 5-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Samarqand akademik litsey talabalari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida litsey talabalari bilan suhbat uyushtirildi hamda universitetning ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim shakli va turlari, shuningdek, universitet ichki tuzilishi va bo‘limlar tarkibi bilan yaqindan tanishdilar.

Suhbat so‘ngida S.Haydarov talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

2023-yilning 5-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yaponiyalik o’qituvchi Xiroki Furusho arxeologiya yo’nalishi talabalari uchun “Syuanzang va Markaziy Osiyo arxeologiyasi” mavzusida seminar o‘tkazdi.

Ushbu seminarni o’tkazishdan maqsad talabalarning arxeologiya sohasidagi bilimlarini oshirishdan iborat. Shuningdek, seminar ishtirokchilarini Markaziy Osiyodagi arxeologik tadqiqotlar holati hamda Tang sulolasining G‘arbiy mintaqalar yozuvlaridagi tavsifiga muvofiq tanishtirildi.

Seminar faol muhokama shaklida o‘tkazildi, tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar, shuningdek olingan ma’lumotlarning foydaliligi va amaliyligini qayd etdilar.

Seminar yakunida barcha ishtirokchilar bunday o‘quv tadbirlari juda samarali va ta’lim sifatini oshirishga imkon berishini ta’kidladilar.

Universitet talabalari o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Dunyoda mashhur davlatlar AQSH, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Braziliya kabi mamlakatlar aynan sportning ma’lum turida ustunligi bilan barchamizga tanish. Bilamizki, hozirgi kunda bizning mamlakatimizda ham sportning juda ko‘p turlari rivojlanib, jahon arenalarida sportchilarimiz yuqori o‘rinlarni egallab, yurtimiz dovrug‘ini butun dunyoga tanitmoqda.

Shu tufayli, sportning rivoji va uning porloq kelajagi uchun yurtimizda keng ko‘lamdagi ishlar, shart-sharoitlar yaratilmoqda. Nafaqat, yurtimizda balki, bizning гniversitetimizda ham talabalarni sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, talabalar bo‘sh vaqtini unumli tashkil etish maqsadida talabalar o‘rtasida sportning “stol tennis”  turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib talabalar taqdirlandi.

2023-yilning 5-aprel kuni “Ipal yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning Referendumi oldidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlangan tadbirda oliygoh professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda Samarqand shahridagi umumta’lim maktablarining ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirok etishdi.

Tadbirni universitet birinchi prorektori J.Eltazarov kirish so‘zi bilan ochib, yangilanayotgan Konstitutsiyaning nechog‘lik hayotbaxsh ekanligi, O‘zbekiston ijtimoiy davlat sifatida belgilanayotganligi xususida gapirib, barchani 30-aprel kuni o‘tkaziladigan referundumda faol qatnashishga chaqirdi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Samarqand shahar bo'linmasi rahbari N.Sadinova ushbu yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlarning kelejak hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishida muhim rol o‘ynashi haqida gapirdi.

Tadbir soʻngida maʼruzachilar tadbir ishtirochilarining qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tarix va madaniy meros kafedra” o‘qituvchilari  2023-yilning 25-mart Samarqand hamda 1-aprel Shaxrisabz turizm va madaniy meros texnikumlariga tashrif buyurishdi. Kafedra o‘qituvchilarining tashrifdan maqsadi ushbu texnikumlarning ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishish, hamkorlik rejalarini tuzish hamda o‘quv-uslubiy yordam ko’rsatishdan iborat. Bundan tashqari yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida ushbu texnikumlar maʼmuriyati bilan birgalikda shu kabi ishlarni muntazam ravishda oʻtkazib borish hamda barcha sohalarda yaqindan hamkorlik qilish boʻyicha kelishib olindi.

Joriy yilning 6-aprel sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga mustaqil izlanuvchi sifatida o‘quv yilining (2021-2024, 2022-2025-yy) 2-choragi uchun qabul qilingan va dissertatsiya ishi mavzusi yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borayotgan mustaqil izlanuvchilarning (PhD, DSc) yillik ilmiy faoliyatlari natijalari monitoringi bo‘lib o‘tadi.

Monitoring jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 304-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi” Nizomning 53-54-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Monitoring jarayoniga universitet Birinchi prorektori filologiya fanlari doktori, professor Eltazarov Jo‘liboy Danaboyevich raislik qiladi.

Monitoring o‘tkazilish vaqti: 6-April, 2023-yil soat:14:30.

Joyi: Universitet binosi 119-xona.

Joriy yilning aprel oyida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Tour-121 va Tour-221guruh talabalari Charos Mahmadiyeva boshchiligida o‘quv-amaliyot darsi yuzasidan “Continental hotel”ga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar mehmonxonaning ish faoliyati, ichki tuzilishi va bo‘limlar tarkibi bilan yaqindan tanishdilar. Talabalarga o‘quv amaliyoti o‘quv jarayonining ajralmas qismi ekanligi, belgilangan tartib qoidalarga bo‘ysunish lozimligi va amaliyotning samarali xususiyatlari haqida atroflicha axborot berildi. Ch.Mahmadiyeva so‘zga chiqib o‘z nutqida talabalarga o‘quv amaliyotida zarur bo‘ladigan hujjatlar, bevosita amaliyot davomida yuritiladigan hujjatlarning tartiblari, talabalarning kiyinish madaniyati, yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga rioya qilishlari lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Tashrif so‘ngida mehmonxona xodimlari talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Dushanba, 03 Aprel 2023 15:49

Madaniyatlararo muloqot festivali!

Joriy yilning 31-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Madaniyatlararo muloqot fani o‘qituvchisi Odil Boynazarov va 1-kurs talabalari tomonidan “Madaniyatlararo muloqot festivali” tadbiri o‘tkazildi.  Festival tadbirida 1-kurs talaba-yoshlari O‘zbekiston madaniyatini hududiy farqliklarini kuyda, qo‘shiqlarda, milliy-urf odatlarda ko‘rsatib berishdi.  Xalqimizning rivojlanish darajasi avvalo milliy madaniyatimizga qarab baholanadi. Shu ma’noda, madaniyat — bu xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir. Biz O‘zbekistonning yangi qiyofasini yaratishga kirishgan ekanmiz, buni avvalo milliy madaniyatimizni rivojlantirishimizdan boshlashimiz lozim.

Dushanba, 03 Aprel 2023 15:43

Maktab bilan Hamkorlik!

Joriy yilning 31-mart kuni Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida maktab o‘quvchilari universitetning ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim shakli va turlari, shuningdek, universitet ichki tuzilishi va bo‘limlar tarkibi bilan yaqindan tanishdilar.

23 dan 150 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar