×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 29 Mart 2023 19:25

MOST loyiha hamkorlar vakillari tashrifi

Joriy yilning 29 mart kuni “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida MOST loyiha vakillarining hamkorlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda barqaror turizm modeli - turizm salohiyatini oshirish yo‘llarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda Gretsiya qishloq xo‘jaligi vazirligi Bosh kotibi Papayanidis Dimitris, O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari assotsiatsiyasi vakili Gulchehra Isroilova va boshqalar ishtirok etdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligining Bosh kotibi Papayanidis Dimitris universitet uchun o‘z tilaklarini mehmonlar kitobida qoldirdi.

MOST loyihasining hamkorlari: Heraklion taraqqiyot agentligi( Krit, Gretsiya) - etakchi sherik, qishloq taraqqiyoti va barqaror turizm sohasida tajribaga ega biznesni qo‘llab-quvvatlash tashkiloti, EuropeanProfiles S. A. (Gretsiya) - Sharqiy Evropada rivojlanish va boshqaruv dasturlarida katta tajribaga ega bo‘lgan Evropa Ittifoqidagi etakchi konsalting kompaniyasi, Markaziy Osiyo, APINTECH (Kipr) – texnik sherik, barqaror ishlab chiqarish va isteʼmol (SCP) va yashil texnologiyalar bo‘yicha ekspert, Latviya qishloq turizmi assotsiatsiyasi – barqaror turizm va mahalliy rivojlanish sohasida tajribaga ega aloqa bo‘yicha sherik, shuningdek, O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari assotsiatsiyasi (ACTO), Evro Osiyo Turizm uyushmasi (Qozog‘iston), Tojikiston sayyohlik tashkilotlari uyushmasi - Evropa Ittifoqi grantining yakuniy benefitsiarlari.

O'qilgan 1865 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1555{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar