×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Shanba, 01 Aprel 2023 10:18

Muomala, libos va biz

Yosh avlodda ma’naviy-axloqiy, odob-axloq qadriyatlarini va ota-onaga hamda katta yoshdagi insonlarga hurmatni shakllantirish, oilaning tarbiyaviy va madaniy-ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha universitet Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova hamda universitet psixologi D.Turdiyeva tomonidan «Go‘zal odob - eng yaxshi merosdir», «Muomala, libos va biz, momolarimiz nasihatlariga quloq tutaylik», «Suitsidga qarshi kurashish va uning oldini olish», «Ruhiy zo‘riqish, emotsional so‘nishga yo‘l qo‘ymaslik» mavzusi doirasida bir qator soha mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi.

      Uchrashuvda Samarqand viloyat reproduktiv salomatlik markazi direktori U.Boborahimova va viloyat Xotin-qizlar targ‘ibot guruhi rahbari S.Zohidova ishtirok etishdi.

      Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad, ibo-hayo va nazokatlilik ramzi bo‘lmish muomala va kiyinish madaniyatiga bo‘lgan hurmat, betakror milliy urf-odatlarimizni yoshlar ongiga singdirish, shu bilan birga, ularga sharqona odob-axloq fazilatlarini o‘rgatish, kelajakda haqiqiy uy bekasi, sevimli ona va e’zozdagi buvijon bo‘lishlariga zamin yaratishdir.

O'qilgan 1503 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1568{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar