Chorshanba, 12 Aprel 2023 16:12

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Kelajagingga befarq bo‘lma” heshteg tanlovini e’lon qiladi

Aziz do‘stlar, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Kelajagingga befarq bo‘lma” heshteg tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda barcha talabalar (kunduzgi, sirtqi, magistratura) hamda universitet ishchi-xodimlari ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda ishtirokchilar o‘zining quyida berilgan heshteg ostida rasm, videolari hamda chiroyli maqolalari bilan (kreativ yondashgan holda) ishtirok etishlari mumkin.

1, 2, 3-o‘rin g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi hamda ularga esdalik sovg‘alar taqdim etiladi.

Har bir ishtirokchi 2023-yil 25-apreldan kechiktirmay o‘zi tayyorlagan ishlarini, o‘z telefon raqamini, o‘qiyotgan kursi to‘g‘risidagi ma’lumotlarini telegram (@PR_SILK_ROAD_UNIVERSITY) manziliga yuborishi kerak. Tanlov g‘oliblari 26-aprel 2023 yil e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati: 2023-yil 25-aprel.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998-99-748-20-58 (Asadova Nigora) murojaat qilishingiz mumkin.

O'qilgan 1365 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar