Dushanba, 05 Iyun 2023 11:04

Universitetimizdan ilk talaba almashinuv dasturi bo‘yicha Yaponiyaga boradi

“Mening orzuim ushaldi”... Ha, hayotda his qilish mumkin bo‘lgan eng ajoyib tuyg‘u. “Tur-220” guruhining 3-kurs talabasi Jahongir Imomov (asli Namangan viloyatidan) Yaponiyaning Vakayama universitetidan o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi maktubni olganida xuddi shu hisni tuygan edi. U 2022-2023-o‘quv yilida “Yapon tili va madaniyati” kursida qatnashdi va almashish dasturiga ariza topshirish huquqiga ega bo‘ldi: yapon tilining asosiy bilimlari va IELTS 5,5 dan yuqori. Jahongir yapon tili fanidan “A” ball olish uchun ko‘p mehnat qildi va “Yapon tili” klubi faoliyatiga katta hissa qo‘shdi.

U 2023-yil oktabr oyidan boshlab Vakayama universitetida o‘qishni boshlaydi. U universitetning ingliz tilida o‘qitiladigan turizm kurslarida qatnashadi va Yaponiyada hayot kechiradi.

Unga Yaponiyadagi almashinuv dasturini muvaffaqiyatli yakunlashi uchun eng yaxshi tilaklarni tilab qolamiz!

O'qilgan 1237 marta
Kategoriya Talabalar hayoti

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar