×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 05 Iyul 2023 17:43

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mutasaddilari ishtirokida 2023-2024 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Viloyat Matbuot uyida o‘tkazilgan matbuot anjumanini viloyat “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri o‘rinbosari G‘olib Hasanov olib bordi. Anjumanda universitetning qabul masalalari bo‘yicha mutasaddilari hamda respublika, viloyat matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Ta’kidlandiki, joriy qabul yilida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga 2023-2024 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-iyundagi F-31-sonli Farmoyishi, shuningdek Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul kvotasi bo‘yicha “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining qabul parametrlari asosida 6 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga abituriyentlarni qabul qilmoqda.

Ushbu xalqaro oliy ta’lim muasassasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kunduzgi ta’lim shakliga ingliz tilini bilish bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abiturentlar hujjat topshirish imkoniyatiga ega. Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarildi.

O'qilgan 1315 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1773{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar