Dushanba, 31 Iyul 2023 17:34

Universitetimiz professor-o‘qituvchilari turizm sohasidagi xalqaro ilmiy seminarda ishtirok etishadi

Xitoy Xalq Respublikasi Pekin xalqaro ta’lim universitetining O‘zbekiston tomoniga 2023-yil 15-iyunda yo‘llagan murojaatiga muvofiq, Ipak yo‘li mamlakatlari bilan madaniy meros turizmi sohasida hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va o‘zaro tajriba almashish tizimini joriy etish maqsadida joriy yilning 2-15-avgust kunlari Xitoyning Pekin, Shanhay va Sian shaharlari bo‘ylab 30 nafar ishtirokchidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi uchun ikki haftalik “Advanced Seminar on Silk Road Culture and Tourism Development” nomli ilmiy seminar o‘tkazlishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu anjumanda  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining professor-o‘qituvchilaridan iborat guruh Xitoy davlatiga jo‘nab ketadi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 31-iyul kuni Xitoyga boradigan professor, o‘qituvchilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda so‘z olgan universitet Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov anjumandan ko‘zlangan maqsad va vazifalarga to‘xtalib o‘tish bilan birga, har bir professor-o‘qituvchi seminarda faol bo‘lishi va o‘ziga zarur bo‘ladigan bilim va tajribalarni  yanada chuquroq o‘rganishi lozimligi xususida gapirdi. Shuningdek tadbirda bo‘lim boshliqlari, kafedrа mudirlari tomonidan tashkiliy masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.  

O'qilgan 874 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar