Administrator

Administrator

2022-yilning 9-noyabr kuni Tokiodagi Imperator saroyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovga “Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni"ni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. An’anaga ko‘ra, ordenni Yaponiya imperatori Naruxito Bosh vazir Fumio Kishido ishtirokida topshirdi.
 
Aziz Abduhakimovning “Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni" bilan taqdirlanishi Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi e’tirof etilganini tasdiqlaydi.


 
Bu orden 1875-yildan beri berib kelinayotgan bo’lib, Yaponiyadagi eng qadimgi va "Chiqayotgan Quyosh Ordeni"ning eng yuqori darajasi (6-daraja) hisoblanadi.

Joriy yilning 1-mart kuni Markaziy Osiyo xalqaro ilmiy-tadqiqotlar instituti direktori Evren Rutbil universitetimizga tashrif buyurdi. Mehmonni universitet Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov kutib oldi va bugungi kunda ushbu institut tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Xususan, Markaziy Osiyo xalqaro ilmiy-tadqiqotlar instituti direktori Evren Rutbil ham “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Turkiya oliygohlari bilan amalga oshirayotgan keng ko‘lamdagi hamkorligi va uning natijalariga to‘xtalib o‘tdi. Mehmon universitetimiz kutubxonasiga qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lgan kitoblarni tuhfa qildi.

Juma, 01 Mart 2024 17:38

E’LON!

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bo‘limlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga munosib nomzodlarni ishga taklif qiladi

Lavozim nomi: Ilmiy-tadqiqotlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi

Ma’lumot: Oliy (bakalavr yoki magistr).

Mutaxassislik: Iqtisodiyot, turizm, tarix (arxeologiya).(TOP-500, TOP-1000 ro‘yxatidagi OTMlarni tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi.)

Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilishi, ingliz tili (IELTS 6,0 yoki davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat-CEFR B2 darajasida bilishi).

Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olishi hamda Kompyuterda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

Lavozim majburiyatlari: Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi yetakchi mutaxassis O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, turizm faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksini, universitet Ustavi, ish yuritish qoidalarini, o‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, universitet ichki tartib-qoidalarini bilishi shart.

         Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi yetakchi mutaxassis Ilmiy-tadqiqotlar bo‘limi Nizomiga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: bo‘limga taqdim etiladigan hisobotlarning to‘g‘ri tuzilishi va o‘z vaqtida topshirilishi bo‘yicha nazoratni olib boradi; doktorantura, tayanch doktorantura, mustaqil tadqiqotchilar va stajor tadqiqotchilarning barcha hujjatlarini Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi   veb-saytiga yuklaydi;

         Doktorantura, tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilar va stajor-tadqiqotchilarning ilmiy ishlari mavzularini universitet Ilmiy Kengashiga tasdiqlatish va keyinchalik uni Oliy Attestatsiya Komissiyasi byulleteniga chiqarish bilan bog‘liq barcha ishlarni tashkillashtiradi; turli darajadagi ilmiy-amaliy konferentsiyalarni tashkil etishda qatnashadi; bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga ta’alluqli axborot va materiallarni tayyorlashda ishtirok etadi; talabalarning Startup loyihalari bo‘yicha tanlovlarni tashkil etishda ishtirok etadi; kafedra (maktab, markaz) tarkibidagi ilmiy-tadqiqot guruhlari bilan hamkorlikda ilmiy faoliyatni muvofiqlashtiradi.

Lavozim nomi: Yuridik byuro bo‘limi boshlig‘i.

Ma’lumot: Oliy (bakalavr yoki magistr).

Mutaxassislik: huquqshunos
(TOP-500, TOP-1000 ro‘yxatidagi OTMlarni tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi).

Mehnat staji: Yurispendensiya sohasida davlat organlari va uning tizim tashkilotlarida kamida 3-6 yillik yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilishi, ingliz tili (IELTS 6,0 yoki davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat-CEFR B2 darajasida bilishi).

Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet tarmoqlaridan foydalana olishi
hamda kompyuterda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

Lavozim majburiyatlari:

Ta’lim muassasasining barcha huquqiy hujjatlarini, bitimlarni yuridik ekspertizasini o‘tkazish;

ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha malakaga ega bo‘lishi;

iqtisodiy, mehnat, fuqarolik protsessual qonunchilikni yaxshi bilish;

 barcha turdagi protsessual hujjatlar loyihalarini tayyorlash (shartnomalar, arizalar, iltimosnomalar, tushuntirishlar va boshqalar) va ularni huquqiy tahlil qilish;

sud instansiyalari va davlat organlarida ishonchli vakillarning manfaatlarini ifodalash uchun hujjatlarni to‘plash, tahlil qilish va tayyorlash;

tizimli fikrlash, stressga chidamlilik, xushmuomalalik, ziddiyatsizlik, aniqlik, vazifalarni mustaqil va ijodiy bajarish qobiliyatiga ega bo‘lish;

Lavozim nomi: Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis.

Ma’lumot: Oliy (bakalavr yoki magistr).

Mutaxassislik: Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati, Buxgalteriya hisobi va audit, moliya va iqtisodiyot yo‘nalishlari
(TOP-500, TOP-1000 ro‘yxatidagi OTMlarni tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi.)

Mehnat staji: Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va uning tizim tashkilotlarida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilishi, ingliz tili (IELTS 6,0 yoki davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat-CEFR B2 darajasida bilishi).

Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olishi
hamda Kompyuterda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

Lavozim majburiyatlari: Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisining asosiy maqsadi tashkilotda, shuningdek, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO37001:2016 xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimni, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, tashkilot tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, tashkilot tizimida korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini ta’minlashdan iborat.

Ipak yoli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti nomzodlarga:

  • barqaror oylik maosh,
  • istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyatini,

Ish tartibi: dushanbadan juma kuniga qadar

Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

Dam olish kuni: shanba, yakshanba.

Hujjatlarni topshirish muddati: 2024- yil 15-mart (shu kuni soat 18:00 qadar).

Nomzodlar Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yoki +998 93 523 22 95 telegram raqamiga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi kerak:

  • O‘zbek yoki (rus), ingliz tilidagi KPI.
  • Til bilish sertifikati.
  • Ma’lumotnoma va diplom.

Ma’lumot uchun telefonlar:

+998 66 240-67-73

Bugun bahorning ilk kuni 1-mart. Ushbu kunda o‘zbek xalqining otashnafas shoiralaridan biri Zulfiyaxonim tavallud topgan. Shu munosabat bilan oliygohimiz xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan “Sadoqat saroyining mangu malikasi yoxud Zulfiyaxonim” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.  She’riyat kechasiga Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari T.Tugalov va shoirlar taklif qilindi. Dastlab tadbirni universitetimiz Birinchi prorektori J.Eltazarov kirish so‘zi bilan ochib barchani bahorning birinchi kuni bilan qutladi va Zulfiyaxonim ijodi va faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Bu yil Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligi nishonlanmoqda. Tadbirda  Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari T.Tugalov va shoir Yu. Axmedov so‘z olib shoira ijodidan namunalar o‘qish bilan birga ijodkorning  betakror isteʼdodi, vatanga, yorga bo‘lgan muhabbatini ta’riflab berishdi. She’riyat kechasida universitetimiz talabalari ham turli tillarda Zulfiyaxonim ijodidan she’rlar o‘qib, qo‘shiqlar kuylashdi. Tadbirning viktorina ya’niy savol-javob qismida ko‘plab talabalarimiz faol ishtirok etib shoira she’rlaridan o‘qidi. Tadbir so‘nggida Zulfiyaxonim va uning turmush o‘rtog‘i H.Olimjon haqilagi videofilm namoyish qilindi. Bir so‘z bilan aytganda o‘zbek xalqining buyuk shoirasi Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan tadbir talabalarimizda katta taassurot qoldirganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

      -Meni universitetimizda ham Zulfiyaxonim izdoshlari borligi xursand qiladi. Birgina joriy yilda Zulfiya nomidagi davlat mukofotining respublika bosqichida to‘rt nafar qizlarimizning ishtirok etganligi ham ushbu fikrimizga yaqqol misol bo‘la oladi,-deydi universitetimiz xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova.

Seshanba, 30 Yanvar 2024 12:47

O‘zaro hamkorlik yo‘lida

Joriy yilning 30-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muasassalari agentligi tizimidagi Samarqand tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida memorandum imzolandi. Ushbu memorandumni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori J.Eltazarov va Samarqand tumani ixtisoslashtirilgan maktabi maslahatchisi O. Shamsiev imzoladi.

 Aniq va tabiy fanlarga  ixtisoslashgan ushbu maktabda 343 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya oladi. Ushbu memorandum doirasida professor-o‘qituvchilar tomonidan Samarqand tumani ixtisoslashtirilgan maktabida ochiq dars jarayonlari tashkil qilinishi, o‘quvchi-yoshlarning universitetga sayohatini tashkil qilinish kabi tadbirlar ko‘zda tutilgan. Ahamiyatlisi, ushbu maktab o‘quvchilarning ko‘pchiligi universitetimizda ta’lim olishga qiziqishmoqda.   

Shu yil 23-sentyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov boshchiligida universitet xodimlari “Qo‘shchinor” mahallasida yashovchi jamiyat ko‘magi va e’tiboriga muhtoj yoshlar bilan uchrashdi. Universitet xodimlari dastlab Berdimurodova Gulnoza va Xodjaev Mo‘min xonadonlariga tashrif buyurib, ushbu mahalla yoshlarining turmush tarzi, muammolari, qiziqishlari va kelajakdagi rejalari bilan tanishdilar.

Universitet jamoasining ushbu tashabbusi hayotda qiyinchiliklarga duch kelayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Uchrashuv yakunida universitet xodimlari yosh aholiga ta’lim va taraqqiyotga chaqiruvchi kitoblar sovg‘a qilishdilar.

Uchrashuv chog‘ida J.Eltazarov bu “Qo‘shchinor” mahalla yoshlari bilan uzoq muddatli hamkorlikning boshlanishi ekanligiga umid bildirib, universitetning ijtimoiy mas’uliyati muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, u yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga e’tibor jamiyat kelajagi va taraqqiyotiga sarmoya ekanligini ta’kidladi.

Joriy yilning 21-senyatbr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro unversitetida 2023/2024-yilida oliygoh  jamoasi oldida turgan vazifalarni beldgilab olish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy va tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishni univernsitet Birinchi prorektori J.Eltazarov olib bordi. Ta’kidlandiki, ushbu o‘quv yilida universitet jamoasi oldida qator dolzarb vazifalar bo‘lib, buni amalga oshirishda birinchi navbatda qat’iy mehnat intizomiga rioya qilinishi talab qilinadi. Bundan tashqari o‘qituvchilar o‘z ustida ko‘proq ishlashi, dars jarayonlariga puxta tayyorlangan holda talabalarga chuqur bilim berishi va ilmiy adabiyotlarga boy bo‘lgan kutubxonadan unumli foydalanishi lozimligi aytildi.

Shuningdek yig‘ilishda fakultet, kafedra va bo‘limlardagi muammolar va ularning yechimlari xususida Yoshlar bilan ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvohidova, Turizm menejmenti fakulteti dekani R.Toshniyozova,  moliya xo‘jalik departamenti boshlig‘i A.Gadoev, kafedra mudirlari A.Odilov, T.Sultonov, M.Siddiqova, ta’lim sifatini ta’minlash va akkereditatsiya bo‘limi boshlig‘i A.To‘xtamishov, HoRiCa akademiyasi boshlig‘i A.Sultonov va boshqalar kun tartibidagi masala yuzasidan axborot berishdi. Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda o‘tgan o‘quv yilidagi ta’lim berish sifati tahlil qilindi va ushbu o‘quv yilida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha ma’sullarga zarur topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda jamoa va yoshlar o‘rtasida diniy ekstremistik kayfiyatlarga moyilikning oldini olish choralari to‘g‘risida universitet rektorining yoshlar bo‘yicha maslahatchisi M.Roziqov o‘z fikrlarini bildirdi.

 Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi va mutasaddilarga zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tayanch doktoranturaga (PhD), stajor tadqiqotchilikka 08.00.17-Turizm va mehmonxona faoliyati ixtisosligi bo‘yicha, mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) 08.00.05-Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti,
08.00.11-Marketing, 08.00.13-Manejment, 08.00.17-Turizm va mehmonxona faoliyati ixtisosliklari bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Tayanch doktotorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilk(PhD, DSc)ga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni tadqim etishlari zarur:

1) Ariza;

2) Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)

3) Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

4) Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi,  ilovalari bilan birgalikda;

5) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (pdf);

6) Pasport nusxasi;

7) 3x4 rasm, 2 dona;

8) Taxminiy dissertatsiya mavzusi va asosnomasi;

9) Ish joyidan tavsifnoma

10) Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat

11) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (agar mavjud bo‘lsa).

Stajor tadqiqotchilik instituti oliy ta’limdan keyengi ta’lim institutiga tayyorgarlik boshqichi hisoblanishi belgilanganligi sababli talabgorlardan chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat talab etilmaydi.

Barcha hujjatlar pdf shaklda tayyorlanib Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizim http://phd.mininnovation.uz orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.

Qabul: 15-sentabrdan 15-oktabrgacha

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga huttaj topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari mutaxassislik fanidan bo‘lib o‘tadi. Imtihon kunlari to‘g‘risida qo‘shimcha e’lon beriladi.

Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi

Murojaat uchun telefon: +998 66 240 67 85

Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.; Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

2 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar