Juma, 01 Mart 2024 18:13

Universitetimizga Markaziy Osiyo xalqaro ilmiy-tadqiqotlar instituti direktori tashrif buyurdi

Joriy yilning 1-mart kuni Markaziy Osiyo xalqaro ilmiy-tadqiqotlar instituti direktori Evren Rutbil universitetimizga tashrif buyurdi. Mehmonni universitet Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov kutib oldi va bugungi kunda ushbu institut tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Xususan, Markaziy Osiyo xalqaro ilmiy-tadqiqotlar instituti direktori Evren Rutbil ham “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Turkiya oliygohlari bilan amalga oshirayotgan keng ko‘lamdagi hamkorligi va uning natijalariga to‘xtalib o‘tdi. Mehmon universitetimiz kutubxonasiga qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lgan kitoblarni tuhfa qildi.

O'qilgan 143 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar