Chorshanba, 21 Iyun 2023 09:47

Turizmning professional ta’lim tizimida murabbiylar o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishmoqda

Joriy yilning 20-24-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi hamda “Mehmondo‘stlik va servis maktabi” nodavlat ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda turizm, mehmonxona, umumiy ovqatlanish va madaniy meros sohalarida faoliyat yuritayotgan professional ta’lim muassasalari o‘qituvchi-pedagoglari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari Toshkent shahrida o‘z ishini boshladi.

Mazkur malaka oshirish kurslarida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi kollej va texnikumlarning maxsus fan o‘qituvchilari ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishmoqda.

O'qilgan 1178 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar