Seshanba, 07 Iyul 2020 16:38

Asrlar osha hamkorlikning yangi ko’rinishi

O’zbek va Xitoy xalqlarini ikki mingyillik – Buyuk ipak yo’li gullab-yashnagan davrlardan buyon do’stona munosabatlar bog’lab turadi. Xalqlarimiz o’rtasidagi savdo-sotiq, ilmiy-madaniy rishtalar asrlar osha rivojlanib kelgan.

Bugun o’zbek-xitoy munosabatlari yangi bosqichga chiqdi. Bu davlatlarning o’zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirishning istiqbollariga birdek harakatlanib, intilayotganidan darak beradi. Uzoq va samarali hamkorlik natijasi o’laroq, bugun kengqamrovli yirik loyihalar, turli sohalardagi tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

2019 yilda “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti Beijing International Studies University bilan o’zaro hamkorlik memorandumini imzolagan edi. Xujjatga muvofiq, o’qituvchilar va talabalar bilan akademik almashish, qo’shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ixtisoslashtirilgan akademik kurslarni tashkil etish, ilmiy-amaliy seminar va konferensiyalarni o’tkazish rejalashtirilmoqda.

Pandemiya sharoitida ham biz qo’shma loyihalar ustida ishlashni davom ettirib kelmoqdamiz, toki ular rejalashtirilayotgan ulkan ishlarimizning debochasi bo’lib xizmat qilgay.

Shuningdek, Beijing International Studies University(BISU)ni turizm sohasida olti yo’nalish bo’yicha UNWTO.TedQual akkreditasiyasidan muvaffaqiyatli o’tganligi bilan tabriklaymiz.

Shuni ta’kidlash lozimki, TedQual akkreditasiyasi har bir oliy ta’lim muassasasi uchun faqat nufuz va tijoriy muvaffaqiyat uchun kerak emas. Uning mavjudligi universitetga turizm industriyasiga ixtisoslashtirilgan ta’lim hamjamiyati a’zolari, ya’ni eng ilg’or OTMlar qatoridan joy olish imkonini beradi.

O'qilgan 4414 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar