Juma, 03 Iyul 2020 14:23

Italiyalik mutaxassisdan mahorat darsi

2020 yilning 2 iyul kuni «Ipak yo’li» turizm xalqaro universitetida O’quv ishlab chiqarish markazi va «Tor Carbone» Rim maktabi shef-povari Klaudio Fattorini tashabbusi bilan «How to make a seasonal Italian risotto using asparagus» (Sparjadan foydalangan holda mavsumiy italyancha rizotto tayyorlash) mavzuidagi onlayn rejimda master-klass tashkil etildi.

Master-klass davomida Klaudio Fattorini Italiya milliy taomi – rizottoning tayyorlanish jarayonini batafsil namoyish etib, professional tajribasi bilan o’rtoqlashdi.

Katta tajribaga ega Klaudio Fattorini rizotto taomining qiziqarli tarixi haqida hikoya qilib berdi. Rizotto xuddi pissa va spagetti misol Italiya oshxonasining ramzi hisoblanadi. Gap shundaki, bu ajoyib taom oshpazning beparvoligi tufayli paydo bo’lgan ekan. Aslida u guruchli sho’rva tayyorlayotgan bo’lgan va diqqatsizligi tufayli ovqati suvsiz qolib ketgan. Qiziqarli tomoni, suvsiz qolgan sabzavotli va go’shtli guruch ajoyib ta’mga ega bo’lgan. Italyancha rizottoning ilk reseptlari XVI asrga oid bo’lib, hozirda ushbu taomni tayyorlashning mingga yaqin tayyorlanish usullari mavjud.

Master-klass so’nggida ishtirokchilar italiyalik mutaxassisga minnatdorchilik bildirib, bu kabi tadbirlar doimiy tarzda o’tkazilishiga fikr bildirishdi.

O'qilgan 4675 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar