O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 11-noyabrdagi 02/17-53-sonli topshiriq xatiga asosan, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar oʻrtasida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi tashkil etilmoqda. Tanlovda guruh va kursidan qat’iy nazar universitetning bakalavr va magistratura bosqichi talabalari, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda maqolalar o‘zbek, rus, yoki ingliz tillarida qabul qilinadi. Eng yaxshi deb topilgan dastlabki uchta maqola universitet rahbariyati tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Maqolalarni rasmiylashtirish bo‘yicha talablar:
- ma’ruza matnlari 14 o‘lchamdagi shriftda 1 oraliqda, 3-5 varaq hajmda Times New Roman shriftida yozilgan va tahrir qilingan bo‘lishi lozim;
- ma’ruza mavzusining yuqorisida muallifning ismi, sharifi, o‘qiyotgan kursi va guruhi, telefon raqami va elektron manzili to‘liq ko‘rsatilishi kerak;
- mavzudan keyin annotatsiya, kalit so‘zlari uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) va mazmuni to‘liq yoziladi;
- ma’ruzaning oxirida alohida ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga molik taklif va tavsiya berilishi shart;
- matnni joylashtirishda sahifaning chegaralari: yuqoridan – 2 sm, pastdan – 2 sm, o‘ngdan – 1,5 sm, chapdan – 3 sm. o‘lchamda belgilanadi;
- ma’ruza matni 1 nusxa qog‘ozda va elektron variantda doc yoki docx formatida taqdim etiladi.
Muddat: maqolalarni 2025-yilning 25-noyabrga qadar ko‘rsatilgan telegram manziliga yuborishingiz mumkin.
Eslatma: Tegishli talablarga javob bermaydigan, ilmiy-amaliy tavsiyaga ega bo‘lmagan va kechikib topshirilgan maqolalar tanlovga qabul qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ilmiy tadqiqotlar bo’limi 322 xona.
Telefon raqami: +998 66 240 67 85 (Telegram https://t.me/n_xoliqov )