Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va doktorantlar!
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2025-yil 20-oktabr kuni ilmiy salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkaziladi.
Seminar mavzusi:
“Ilmiy loyihalarni yozish va rasmiylashtirish tartibi”
Ushbu seminar doirasida ishtirokchilar ilmiy loyihalarni shakllantirish, grant loyihalarini yozish, ularni ekspertizadan o‘tkazish va rasmiylashtirish jarayonlarida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar bilan yaqindan tanishadilar.
🔹 Seminarda ma’ruzachilar sifatida quyidagi mutaxassislar ishtirok etadilar:
Xaydarov Xayrillo Safarovich — Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish va patentlash bo‘limi boshlig‘i;
Umarov Zafar Xudoynazarovich — Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish va patentlash bo‘limi bosh mutaxassisi.
🔸 Seminarning maqsadi — universitet professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilarini ilmiy loyihalarni tayyorlash, davlat va xalqaro grant tanlovlarida ishtirok etish, loyihalarni tijoratlashtirish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlashdir.
🕓 O‘tkazilish sanasi: 20-oktabr 2025-yil (dushanba)
📍 Joy: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, 2-qavat, 229-xona
🕐 Boshlanish vaqti: soat 16:00
Barcha ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va ilmiy faoliyatga qiziquvchi yoshlar ushbu seminarda faol ishtirok etishlari tavsiya etiladi.