Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihonlarni topshiruvchi talabgorlar uchun hujjatlari qabuli boshlandi.

02.10.2025

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihonlarni topshiruvchi talabgorlar uchun hujjatlari qabuli boshlandi.

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitet Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va n.sh.mansurova@gmail.com elektron pochta manziliga yuborishlari zarur

• Yo‘llanma xat

• Passport nusxasi (2 dona)

• Qisqacha biografik ma’lumotnoma

• Ariza

• Doktorlik dissertatsiyasi e’lon qilingan “OAK Byulleteni” jurnali nusxasi (sanasi, jurnal soni)

• Malakaviy imtihon topshiruvchi haqida malumot ( namunaviy jadval ilova qilinadi).

• Dissertatsiya ishi avtoreferati

Hujjatlar joriy yilning 31-oktabr sanasiga qadar qabul qilinadi.

08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislik fanidan malakaviy imtihon O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining

2016-yil 17-fevraldagi 220/2-son Qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan hamda 0

8.0017-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon dasturiga muvofiq o‘tkaziladi (dastur ilova qilinadi).

Malakaviy imtihonlarni o‘tkazilish sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha e’lon beriladi.