Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

E’LON

14.08.2026

E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-martdagi 109-son qarori bilan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish hamda qog‘ozdan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilangan.

Mazkur qarorning 2-ilovasi 8-bandiga asosan, har oyning 15-sanasi “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi kuni etib belgilangan.

Shu munosabat bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining barcha professor-o‘qituvchilari va xodimlarini ushbu tashabbusda faol ishtirok etishga chorlaymiz.

15-kuni:

  • hujjatlarni imkon qadar to‘liq elektron shaklda yuritish;

  • qog‘ozdan foydalanishni cheklash;

  • ish jarayonlarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish tavsiya etiladi.

Qog‘ozdan foydalanishni kamaytirish — atrof-muhitni asrash va zamonaviy raqamli ish jarayonlarini rivojlantirish sari muhim qadamdir.

“Qog‘ozsiz bir kun” — bir kunlik tashabbus, ammo uning foydasi kelajak uchun!

Barchangizni ushbu ekoaksiyada faol ishtirok etishga chorlaymiz!