Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

E’LON

20.08.2026

E’LON

Buyuk Britaniyada tahsil olish uchun mo‘ljallangan Chevening stipendiyasi dasturi uchun arizalar qabuli 2026-yil 4-avgustdan 6-oktabrgacha ochiq bo‘ladi. Arizalarni quyidagi manzil orqali topshirish mumkin: www.chevening.org/apply

Chevening - Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va Taraqqiyot vazirligi (FCDO) hamda hamkor tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan global stipendiya dasturidir. Ushbu stipendiya kuchli yetakchilik salohiyatiga ega nomzodlarga Buyuk Britaniyaning istalgan universitetida istalgan yo‘nalish bo‘yicha magistratura darajasini olish imkoniyatini taqdim etadi.

Stipendiyaga ariza topshirish uchun nomzod:

• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

• o‘qishni tugatgandan so‘ng O‘zbekistonga qaytib kelishi va kamida 2 yil shu yerda ish faoliyatini davom ettirishi;

• bakalavr darajasiga ega bo‘lishi (batafsil ma’lumot: https://www.chevening.org/scholarships/who-can-apply/eligibility/);

• bakalavr dasturini tugatgach yig’ilgan kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi (ish tajribasi soatlarini hisoblash bo‘yicha ko‘rsatmalar: https://www.chevening.org/scholarships/who-can-apply/work-experience/);

• Buyuk Britaniya universitetlaridagi 3 ta magistratura dasturiga ariza topshirishi va 2027-yil iyul oyining o‘rtalariga qadar ulardan kamida bittasidan shartsiz qabul xati (unconditional offer) olishi (mos magistratura dasturlari haqida batafsil ma’lumot: https://www.chevening.org/scholarships/guide/courses/);

• o‘z sohasida Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan aniq maqsadlarga ega ekanligini hamda yetakchilik salohiyatini namoyish etishi lozim.

Chevening stipendiyasiga ariza topshirish jarayoni:

• Nomzodlar onlayn ariza shaklini quyidagi havola orqali to‘ldirishlari kerak: https://www.chevening.org/apply/

• Saralashning birinchi bosqichi arizada taqdim etilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Xususan, 4 ta yozma esse baholanadi.

• Ikkinchi bosqich suhbat (intervyu) shaklida o‘tkaziladi. Intervyular Toshkentdagi Buyuk Britaniya Elchixonasida oflayn yoki onlayn tarzda tashkil etiladi (intervyu formati keyingi bosqichga o‘tgan nomzodlarga alohida ma’lum qilinadi). Birinchi bosqichdan

muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar elchixona bilan intervyudan oldin 2 ta tavsiyanoma taqdim etishlari kerak.

• Chevening stipendiyasi tanlangan Buyuk Britaniya universitetidagi o‘qish (kontrakt) to‘lovlarini, har oylik yashash stipendiyasini, Buyuk Britaniyaga borish va qaytish uchun aviachiptalarni, boshlang’ich (arrival) va Buyuk Britaniyadan ketish (departure) uchun ajratiladigan mablag‘larni, viza to‘lovlarini hamda Buyuk Britaniyada o‘tkaziladigan rasmiy Chevening tadbirlarida ishtirok etish bilan bog‘liq safar xarajatlarini to‘liq qoplaydi.

Chevening stipendiyasi haqida batafsil:
https://www.chevening.org/scholarships/guidance/
https://www.chevening.org/FAQs

Chevening ijtimoiy tarmoqlarda
http://www.facebook.com/cheveningfcdo/
https://x.com/CheveningFCDO
http://www.instagram.com/cheveningfcdo/
http://www.linkedin.com/school/cheveningfcdo/

Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi rasmiy sahifalari
http://www.facebook.com/ukinuzbekistan
https://x.com/UKinUzbekistan
https://www.instagram.com/ukinuzbekistan/
https://t.me/ukinuzbekistan
https://www.linkedin.com/company/ukinuzbekistan

Barcha savollar bo‘yicha Toshkentdagi Buyuk Britaniya Elchixonasi bilan ukin.uzbekistan@fcdo.gov.uk pochta manzili orqali bog‘lanishingizni so‘raymiz.