Vakansiya
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kafedra mudiri lavozimiga tanlov eʼlon qiladi.
Lavozim nomi: Kafedra mudiri.
Mehnat staji: Oliy taʼlim sohasida kamida 5 yillik pedagogik yoki boshqaruv lavozimlarida ish tajribasiga ega boʻlishi.
Mutaxassislik: xalqaro munosabatlar, filologiya va tillarni oʻqitish, xorijiy til va adabiyoti, tarjima nazariyasi va amaliyoti, lingvistika mutaxassisliklaridan biriga ega boʻlishi (TOP-1000 ro‘yxatiga kiruvchi oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan nomzodlarga ustuvorlik beriladi).
Xorijiy tilni bilish darajasi: Ingliz tili (amalda boʻlgan IELTS 7.0 yoki C1 darajadagi chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat).
Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office dasturlarida mukammal ishlash, HEMIS va LMS axborot tizimlaridan foydalanish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda sunʼiy intellekt vositalarini taʼlim, ilmiy-tadqiqot va boshqaruv faoliyatida qoʻllash boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishi lozim.
Kafedra mudiri lavozimi uchun malaka talablari:
Kafedra mudiri tegishli mutaxassislik boʻyicha ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega boʻlishi;
Scopus va/yoki Web of Science (WoS) xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalarida indekslangan jurnallarda, shuningdek, nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalari chop etilgan boʻlishi;
Tegishli ilmiy yoʻnalish boʻyicha ilmiy maqolalar, monografiya, darslik, oʻquv qoʻllanma yoki ilmiy-uslubiy ishlar tayyorlash va nashr ettirish tajribasiga ega boʻlishi;
Oʻz mutaxassisligi boʻyicha ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarini shakllantirish, istiqbolli ilmiy mavzularni belgilash va ilmiy loyihalarni amalga oshirish boʻyicha yetarli tajribaga ega boʻlishi;
Xalqaro va mahalliy ilmiy grantlar, ilmiy-tadqiqot loyihalari va tanlovlarda ishtirok etish, grant loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha tajribaga ega boʻlishi;
Kafedraning ilmiy faoliyatini rivojlantirish, ilmiy maktab va ilmiy yoʻnalishlarni shakllantirish, ilmiy nashrlar soni va sifatini oshirish, xalqaro ilmiy bazalardagi nashr faolligini kengaytirish boʻyicha aniq taklif va tashabbuslarga ega boʻlishi;
Kafedra professor-oʻqituvchilarining ilmiy daraja va ilmiy unvon olishga tayyorgarligini tashkil etish, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtira olishi;
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, taʼlim metodikasi va ilmiy-pedagogik faoliyatning ilgʻor xorijiy tajribalarini chuqur bilishi;
Xorijiy va mahalliy oliy taʼlim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish boʻyicha tajribaga ega boʻlishi;
Xalqaro ilmiy konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar va ilmiy loyihalarda faol ishtirok etgan boʻlishi, kafedra professor-oʻqituvchilarining mazkur tadbirlardagi ishtirokini tashkil eta olishi;
HEMIS va LMS (Learning Management System) axborot tizimlarida ishlash, oʻquv jarayonini raqamli texnologiyalar asosida boshqarish, oʻquv materiallarini elektron platformalarga joylashtirish, baholash jarayonlarini yuritish, talabalar faolligi monitoringini olib borish, masofaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, zamonaviy sunʼiy intellekt vositalarini taʼlim, ilmiy-tadqiqot va boshqaruv faoliyatida samarali qoʻllash boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishi;
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
nomzodlarga quyidagilarni taʼminlaydi:
barqaror oylik maosh va belgilangan tartibda ustama toʻlovlar;
– kasbiy va karyera rivojlanishi uchun istiqbolli imkoniyatlar;
– zamonaviy va xalqaro muhitda faoliyat yuritish imkoniyati.
Ish tartibi: dushanbadan juma kunigacha
Dam olish kunlari: shanba va yakshanba.
Hujjatlarni topshirish muddati: 2026-yil 21-avgust kuni soat 18:00 ga qadar.
Nomzodlardan hr-dep@univ-silkroad.uz elektron manziliga yoki +99893 523-22-95 Telegram raqamiga quyidagi hujjatlarni yuborishi soʻraladi:
1. Maʼlumotnoma (obyektivka);
2. Diplom (bakalavr, magistr ilovalari bilan);
3. ilmiy darajasi va ilmiy unvon toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
4. chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat;
5. ilmiy maqolalar roʻyxati.
Maʼlumot uchun telefonlar:
+998 66 240-67-73
+998 66 240-67-68