"Orol dengiziga poyezd" yoshlar ekologik aksiyasi: Tabiat va kelajak uchun birgalikda qadam!
Joriy yil 28-31 may kunlari O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi, Turizm qo'mitasi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda "Orol dengiziga poyezd" yoshlar ekologik aksiyasi o'tkazilmoqda.
Mazkur aksiya Orolbo'yi mintaqasida yuzaga kelgan ekologik muammolar haqida keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar orasida xabardorlikni oshirishga, ekologik madaniyatni shakllantirishga va yoshlarning ushbu jarayonlardagi faolligini kuchaytirishga qaratilgan. Aksiya doirasida O'zbekistonning barcha hududlaridan saralangan 600 nafardan ziyod faol, tashabbuskor yoshlar Nukus va Mo'ynoq tumanlariga tashrif buyurishadi.
Aksiya ishtirokchilari ekologik muammolar ko'lami bilan bevosita tanishish, hududda amalga oshirilayotgan ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy tiklash ishlari haqida batafsil ma'lumot olish imkoniga ega bo'lishadi