Farg‘ona turistik-rekreatsion zonasi tadbirkorlari uchun tashkil etilgan mehmondo‘stlik va xizmat ko‘rsatish madaniyati bo‘yicha masofaviy o‘quv-seminarning navbatdagi darslari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ta’lim tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi “Farg‘ona turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida tashkil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Farg‘ona viloyatining “Chimyon” sanatoriy-kurort zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uchun 30-martdan 3-aprelga qadar 10 soatlik o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminar tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida o‘tkazilib, unda mehmondo‘stlik etikasi, zamonaviy xizmat ko‘rsatish talablari, mijozlar bilan muloqot madaniyati hamda hududiy turizm salohiyatini oshirish masalalari keng yoritildi. Mashg‘ulotlar amaliy misollar va interaktiv usullarga tayanib olib borildi.