UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Kitobga oshno yoshlar: talabalarimiz viloyati Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishishdi

28.10.2025 1 daq o'qish 1

Kitobga oshno yoshlar: talabalarimiz viloyati Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishishdi

Talaba hayotining dastlabki bosqichi — bilim olish, izlanish va yangi manbalar bilan tanishish davridir. Shu maqsadda 1-bosqich talabalari A.S. Pushkin nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazida bo‘lishdi. Tashrif davomida talabalar kutubxonaning boy adabiy va ilmiy fondi, zamonaviy axborot-resurslari hamda xizmat ko‘rsatish tizimi bilan yaqindan tanishishdi. Ularga markaz imkoniyatlari, elektron kutubxona xizmatlari va foydalanish tartibi haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalarga 3 yil mobaynida kutubxona xizmatlaridan foydalanish imkonini beradigan shaxsiy ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi.

Bu tashrif talabalar uchun bilim xazinalariga yo‘l ochibgina qolmay, balki ularda kitob o‘qish madaniyatini shakllantirish, mustaqil o‘qish va izlanishga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishda muhim qadam bo‘ldi.

Ulashish: