2025-yil 2-mart kuni “Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi Koreys tili yo‘nalishi TTK-124 guruhi talabalari bilan Koreyaning nufuzli ta’lim muassasalaridan biri – Sedjong maktabining Samarqanddagi filiali direktori, janob Jang Jingyu uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda talabalarning koreys tilini bilish darajasini aniqlovchi xalqaro TOPIK imtihoni uchun mahorat darsi tashkil etildi. Dars davomida direktor Jang Jingyu nafaqat imtihon tuzilishi, balki uni muvaffaqiyatli topshirish sirlari, har bir bo‘limga tayyorgarlik ko‘rish metodikasi va koreys tilini chuqur o‘rganish yo‘llari haqida qimmatli tavsiyalar berdi.
Talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilingan ushbu dars interaktiv tarzda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo‘lishdi.