2025-yil 5-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tashkil qilingan Ekofaol talaba yoshlar navbatdagi manzili — “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i bo‘ldi.
Bu go‘zal maskan Samarqand viloyatining Jomboy va Bulung‘ur tumanlari hududida joylashgan bo‘lib, “Zarafshon” daryosining o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab 47 kilometr uzunlikda cho‘zilib ketgan.
Amaliy sayohat davomida yoshlar nafaqat hududning tabiiy go‘zalliklari, balki ekologik, madaniy va estetik ahamiyatga ega noyob obyektlar bilan ham yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, “Zarafshon” daryosi bo‘ylaridagi to‘qayzor o‘rmonlar ularda katta taassurot qoldirdi.
Tashrifning asosiy maqsadi — tabiat boyliklarini asrab-avaylash, ekologik turizmni rivojlantirish hamda kelajakda “Zarafshon” milliy tabiat bog‘iga sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdan iborat.