Bugun, 14-oktyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi oyligi doirasida “Ta’lim muassasalarida yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda o‘quvchi va talabalar hamda o‘qituvchilarning to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish” mavzusida profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Samarqand shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutasaddilari, universitetning ishchi xodimlari va talabalari ishtirok etgan mazkur tadbirda, kutilmagan holatlarda birinchi bo‘lib harakat qilish bo‘yicha mutaxassislar zarur tavsiyalar berishdi.
Targ‘ibot tadbiri yakunida universitet ishchi xodimlari va talabalari, shuningdek, tadbir ishtirokchilariga Samarqand shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan ko‘rgazmali tarzda maxsus-taktik o‘quv mashqi namoyish qilindi hamda mavzuga oid eslatmalar tarqatildi.