Tadbir turizm sohasi vakillari, mehmonxona biznesi mutaxassislari, tadbirkorlar va mahalliy hokimiyat vakillari ishtirokida o‘tkazildi. Seminarda global miqyosdagi ekologik muammolar, turizm sohasidagi ayrim masalalar va yashil, barqaror mehmonxonalar faoliyati muhokama qilindi.
Seminar mavzulari quyidagilardan iborat bo‘ldi: - Global Barqaror Turizm Standartlari Tashkiloti (GSTC) mezonlari va ularning mehmonxonalar uchun qanday talablarga ega ekani haqida tushunchalar berildi.
-Global Barqaror Turizm Mezonlari (GSTC) asosida O‘zbekistonda qanday jihatlar amaliyotda joriy etilishi mumkinligi, qaysi mezonlar esa hozircha murakkabligi va buning sabablari tahlil qilindi.
-Qoraqalpog‘iston uchun ekoturizm strategiyasi loyihasi xususida fikr almashildi.
Mazkur seminarda "Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Turizm kafedrasi assistent o'qituvchisi Kuvandikov Sardor sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.