"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni adabiyotga, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida adabiy-maʼnaviy tadbir tashkil etildi.
"Zohir, she’rsevar qalbga posbon bo‘layin o‘zim" mavzusidagi adabiy kechada Samarqand viloyati yozuvchilar uyushmasi rahbari, shoir Toshpo‘lat Tugalov, yozuvchilar uyushmasi yetakchi mutaxassisi, shoir Maxmarizo Abduraxmonov hamda Respublika Maʼnaviyat-maʼrifat markazi viloyat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Abror Shaxlasov ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ijodkorlar va talabalar o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ijodkorlarga murojaat qilishdi, ularning hayoti va ijodi haqida ko‘plab maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, havaskor ijodkor talabalar tomonidan Vatanga, tinchlik va osoyishtalikka bag‘ishlangan she’rlar ijro etildi. Kecha barchaga unutilmas taassurotlar qoldirdi va adabiyotga, so‘z sanʼatiga bo‘lgan mehrni yanada oshirdi.