1991 yil 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan muqaddas sana hisoblanadi. Shu munosabat bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida Samarqand shahridagi Registon maydonidan Ko‘ksaroy maydonigacha o‘tkazilgan “Bayroq estafetasi” tadbirida faol ishtirok etdilar.
Bu tadbir Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va yurtga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. Har bir talaba bayroqni ko‘targan holda, o‘z qalbidagi fidoyilik, iftixor va yurtga bo‘lgan muhabbatni ifoda etdi.
Bayrog‘imiz – g‘ururimiz, Vatanimiz – iftixorimiz!
Yashasin mustaqil O‘zbekiston!