SMART-MET 2026 xalqaro konferensiyasida Turizm kafedrasi o‘qituvchilari X. Ibragimov, M. Amiriddinova va Ch. Maxmadiyeva faol ishtirok etdilar. Ular qo‘yidagi dolzarb mavzularda ilmiy ma’ruzalar qilishdi.
• “Does Tourism Development Improve Quality of Life in Central Asia?”
• “Sustainable Tourism and Ecological Strategies for Long-Term Restoration in the Aral Sea Crisis.”
Ma’ruzalar davomida Markaziy Osiyoda turizm rivojining aholi farovonligiga ta’siri chuqur tahlil qilindi. Hududiy rivojlanish, bandlik va infratuzilmani yaxshilashdagi ijobiy omillar ilmiy asosda yoritib berildi. Shuningdek, Orol dengizi inqirozi sharoitida barqaror turizmni rivojlantirish orqali ekologik tiklanishga hissa qo‘shuvchi innovatsion strategiyalar taklif etildi.
Konferensiya yakunida o‘qituvchilarga sertifikatlar topshirildi.