UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetda Turizm fanidan Rektor olimpiadasi o‘tkazildi

25.05.2026 1 daq o'qish 1

Universitetda Turizm fanidan Rektor olimpiadasi o‘tkazildi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2025–2026-o‘quv yili yakunlariga bag‘ishlangan “Rektor olimpiadasi” doirasida Turizm fan olimpiadasi tashkil etildi.

Olimpiada 2026-yil 21–22-may kunlari universitetning 121 va 122-kompyuter xonalarida test shaklida o‘tkazildi. Mazkur fan olimpiadasida ishtirok etish uchun jami 90 nafar talaba ro‘yxatdan o‘tdi.

Olimpiadaning asosiy maqsadi talabalarning turizm sohasi bo‘yicha nazariy bilimlari, tahliliy fikrlash ko‘nikmalari, kasbiy kompetensiyalari hamda mustaqil fikrlash salohiyatini baholashdan iborat bo‘ldi.

Test jarayonining shaffofligi, adolatliligi va tashkiliy intizomini ta’minlash maqsadida har ikki kun uchun komissiya/nazorat a’zolari biriktirildi. 21-may kuni jarayonni Dilorabo Mardonova, Muslima Amiriddinova va Sardor Kuvandikov, 22-may kuni esa Charos Maxmadiyeva, Erkin G‘ulomxasanov va Mahliyo Umarova nazorat qildi.

Turizm fan olimpiadasi natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:

1-o‘rin: Sadikova Amina — BM-124 guruh talabasi, 88 ball;

2-o‘rin: Abduraxmonov Odilbek — TH-525 guruh talabasi, 86 ball;

3-o‘rin: Muhammadiyev Aliyor — TH-324 guruh talabasi, 84 ball.

Olimpiada g‘oliblarini belgilangan tartibda rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlanishi ko‘zda tutilgan. Mazkur tadbir universitetda ta’lim sifatini oshirish, talabalar bilimini amaliy jihatdan mustahkamlash va turizm sohasida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

Ulashish: